Post content
🎮 AEROCUBE tarix yaratdi! 🇺🇸 Ilk bor O‘zbekistonda yaratilgan o‘yin “Epic Games” tomonidan tashkil etilgan “Unreal Fest Orlando” doirasida AQShdagi arkada mashinasida o‘ynaldi! 👾 AEROCUBE — O‘zbekistonda ishlab chiqilgan va arkada mashinasiga chiqarilgan ilk o‘yin bo‘ldi. U IT Park Uzbekistan rezidenti — “Cube of Skill” tomonidan ishlab chiqilgan. Jamoaga dunyoga mashhur “Fortnite” jangovar royale o‘yinini yaratgan “Epic Games” kompaniyasining Markaziy Osiyodagi yagona sertifikatlangan instruktori — Aleksandr Muxitdinov rahbarlik qilgan. 🧩 Modellar, ovoz, kod — barchasi qisqa muddatda, yakka holda yaratilgan. Ha, bu — “AEROCUBE” o‘rnatilgan haqiqiy arkada avtomati edi! Unreal Fest — bu “Epic Games” (qiymati 30 milliard dollardan oshiq “Unreal Engine” yaratuvchilari) tomonidan o‘tkaziladigan yirik global tadbir bo‘lib, o‘yin ishlab chiqish, 3D, arxitekturaviy vizualizatsiya va immersiv texnologiyalar sohasidagi eng yaxshi mutaxassislarni birlashtiradi. Keyingi qadam? 🇸🇪 “AEROCUBE” 22–24 sentyabr kunlari Stokgolmda bo‘lib o‘tadigan “Unreal Fest 2025” tadbirida ishtirok etadi! 📺 Arkada avtomatidagi o‘yinni ko‘ring: YouTube’da tomosha qiling