Post content
AWS Generative AI Accelerator — arizalar qabul qilinmoqda! “Amazon Web Services” tomonidan sun’iy intellekt sohasidagi startaplar uchun mo‘ljallangan 8 haftalik nufuzli akseleratsiya dasturiga ro‘yxatdan o‘tish boshlandi. Bu — ilg‘or sun’iy intellekt yechimlari ustida ishlayotgan dastlabki bosqichdagi jamoalar uchun noyob imkoniyat! 🧠 Dastur ishtirokchilari uchun imkoniyatlar: - $1,000,000 gacha AWS kreditlari - “AWS Marketplace”dan foydalanish imkoniyati - Yetakchi AI-mutaxassislaridan shaxsiy mentorlik - Global darajada tanilish va aloqalar o‘rnatish Bularning barchasi bepul, ya’ni ulush talab etilmaydi! 🔍 Kimlar ariza topshirishi mumkin? Quyidagi yo‘nalishlarda ishlayotgan startaplar: – Ochiq kodli modellarni sozlash va oldindan o‘qitish – AI infratuzilmasi, joylashtirish va monitoring vositalari – Ma’lumotlarni belgilash (labeling) va pipeline vositalari – Generativ AI ilovalari (matn, rasm, kod va boshqalar) 🗓 Ariza topshirish muddati: 10-iyul 🌐Hoziroq ariza topshiring: aws.amazon.com/startups/programs/generative-ai ⏳ Vaqt kam qoldi! AI startapingizni global bosqichga olib chiqishi mumkin bo‘lgan jahon darajasidagi dasturda ishtirok etish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang. 📣 IT Park O‘zbekistondagi sun’iy intellekt sohasida faoliyat yuritayotgan barcha startaplarni ariza topshirishga chaqiradi!