TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← StartupBase
StartupBase avatar

TGINSIGHT POST

Post #5925

@startupbaseuz

StartupBase

Views2,960Post view count
PostedJul 1107/11/2025, 12:10 PM
Post content

Post content

💬Startup Advice — haftalik yakunlar Bugun biz har hafta o‘tkaziladigan “Startup Advice” sessiyalarining navbatdagisini yakunladik — unda hamjamiyat vakillari faol ishtirok etishdi! 📊Statistika: – 30 dan ortiq ishtirokchi – 21 ta startap – 3 ta oflayn sessiya – 18 ta onlayn maslahat 🧠Ekspertlar muhokama qilgan mavzular: – Startap g‘oyasini qanday hayotga tatbiq etish – MVP (minimal ishlaydigan mahsulot) yaratish va dastlabki foydalanuvchilarni jalb qilish – Biznes modelini takomillashtirish – Yangi investitsiya bosqichiga tayyorgarlik – IT Park rezidenti bo‘lish va xalqaro startap tadbirlarida ishtirok etish 🗓 Keyingi haftadagi sessiyaga qo‘shilmoqchimisiz? 📝 Hozirdanoq ro‘yxatdan o‘ting: ro‘yxatga olish shakli ‼️ "Startup Advice" ishtirokchilari, shuningdek, startaplarga "1+1" dasturlari, venchur kreditlash, patentlarni himoya qilish, startaplar uchun IT vizalar, tartibga solish qumdoni, mentorlik, inkubatsiya va akseleratsiya, investitsiya imkoniyatlari va xalqaro bozorlarga chiqishni taqdim etuvchi "IT Park Uzbekistan" xalqaro tashabbusi - "Digital Startup Awards" dasturi doirasida o‘z loyihalarini rivojlantirishni davom ettirishlari mumkin. Tafsilotlar va ro‘yxatdan o‘tish Startup Base platformasida mavjud. Birgalikda — yanada aqlli bo‘lib rivojlanaylik!