Post content
NVIDIA Inception — bu sun’iy intellekt sohasidagi startaplarni boshlang‘ich g‘oyadan tortib xalqaro miqyosdagi kengayishgacha har bir bosqichda qo‘llab-quvvatlashga mo‘ljallangan global dastur. Agar siz ilg‘or sun’iy intellekt ilovalarini yaratayotgan, ML infratuzilmasini qurayotgan yoki generativ sun’iy intellejt sohasini o‘rganmoqchi bo‘lsangiz — “Inception” sizga faqat belgilangan muddatli akselerator emas, balki uzluksiz, moslashtirilgan resurslarni taqdim etadi. Asosiy afzalliklar: ✔️ “NVIDIA” muhandislaridan ekspert yo‘l-yo‘riqlari va treninglar ✔️ “NVIDIA” qurilmalari va dasturiy ta’minotiga chegirmalar ✔️ Hamkorlar (AWS, Azure va boshqalar) orqali bepul bulutli hisoblash resurslari ✔️ Global investorlar va namoyish tadbirlariga kirish imkoniyati ✔️ “NVIDIA” maxsus hamjamiyati dasturlariga taklifnomalar 🌐 Dasturga hozirda dunyo bo‘ylab 15 000 dan ortiq AI-startaplar a’zo bo‘lgan. 🤖 Agar sizning startapingiz kompyuter ko‘rish, generativ sun’iy intellekt, sog‘liqni saqlash texnologiyalari, fintech, robototexnika yoki shu kabi sohalarda faoliyat yuritayotgan bo‘lsa — ushbu dastur aynan siz uchun. 👉 Hoziroq ariza topshiring: https://www.nvidia.com/en-us/startups/ Shuningdek, NVIDIA “Inception” hamjamiyati menejeri ishtirokidagi eksklyuziv onlayn sessiyada qatnashing va startapingiz uchun dunyodagi yetakchi AI akseleratsiya dasturlaridan birida qanday imkoniyatlar mavjudligini bilib oling. 🗓 Sana: 30-iyul | 18:00 (Toshkent vaqti bo‘yicha) 💻Format: Onlayn 📌 Nimalarni o‘rganasiz: – “NVIDIA Inception” dasturiga qanday qo‘shilish mumkinligi – Asosiy imtiyozlar: mentorlik, bulut resurslari, qurilmalarga chegirmalar, investorlar bilan aloqa – “NVIDIA” vakili bilan jonli savol-javob 👉 Vebinarga ro‘yxatdan o‘tish: https://forms.gle/1JfLuXdj5ZnQn5VK9 💡 Aql bilan kengaying. Tezroq yarating. Inception dasturiga qo‘shiling.