Post content
🎤Pitch & Rise: Startap salohiyatingizni oching Xotin-qizlarni innovatsion fikrlashga yo‘naltirish, ularning biznes va texnologiyalar sohasidagi faolligini oshirish — zamonaviy startap ekotizimining ajralmas qismidir. Shu maqsadda, “Pitch & Rise” nomli ochiq tadbir tashkil etilmoqda. 📌 Tadbir “Startup Garage” tashkiloti bilan hamkorlikda o‘tkaziladi. 💡Tadbir davomida quyidagilar rejalashtirilgan: — Pitching bo‘yicha amaliy master-klass: G‘oyani qanday taqdim etish, investorlar oldida qanday chiqish qilish bo‘yicha tajribali mutaxassislar bilan ishlash — Real sahnada chiqish imkoniyati: Ishtirokchilar o‘z startap g‘oyasini sahnada taqdim etadi — Eng yaxshi taqdimotlar uchun esdalik sovg‘alari — Networking muhiti: Tajriba almashish, “networking” va startap muhitiga birinchi qadam 📅 Sana: 28-iyul | 🕙 10:00 📍 Manzil: Raqamli texnologiyalar vazirligi binosi Ariza topshirishning oxirgi muddati: 25-iyul, 23:59 🔗Tanlov shaklini havola orqali to‘ldiring! ✨ Tashabbuskor, faol va g‘oyaga ega ayollar uchun ochiq maydon! Ishtirok eting, o‘z salohiyatingizni namoyon eting va kelajakdagi loyihangizga ilk qadamni qo‘ying.