TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← StartupBase
StartupBase avatar

TGINSIGHT POST

Post #5970

@startupbaseuz

StartupBase

Views992Post view count
PostedJul 2307/23/2025, 09:12 AM
Post content

Post content

Bu hafta navbatdagi “Startup Advice” sessiyasini bo‘lib o‘tdi, unda startap asoschilari o‘sish bilan bog‘liq asosiy savollarga individual maslahatlar oldilar. 📊 Statistika: – 30 dan ortiq ishtirokchi – 23 ta startap – 5 ta oflayn maslahat – 18 ta onlayn maslahat Muhokama qilingan mavzular: ✔️ Startap g‘oyasini amaliyotga tatbiq etish bosqichlari ✔️ Moliyalashtirish manbalari: grantlar, farishta investorlar, davlat dasturlari ✔️ An’anaviy biznes jarayonlarini avtomatlashtirish orqali startap qurish ✔️ Inkubatsiya va akseleratsiya dasturlaridagi imkoniyatlar ✔️ Kuchli jamoani shakllantirish yo‘llari ✔️ Biznes modelini takomillashtirish va bozorga moslashtirish ✔️ IT Park rezidenti bo‘lishning afzalliklari ✔️ Startapni eksport bozorlariga olib chiqish bosqichlari 🚀 Bu yerda ariza berish — “Startup Advice” sessiyalari har hafta o‘tkaziladi, maqsad: sizning startapingizni aqlli va tezroq rivojlantirishga ko‘maklashish! ‼️ "Startup Advice" ishtirokchilari, shuningdek, startaplarga "1+1" dasturlari, venchur kreditlash, patentlarni himoya qilish, startaplar uchun IT vizalar, tartibga solish qumdoni, mentorlik, inkubatsiya va akseleratsiya, investitsiya imkoniyatlari va xalqaro bozorlarga chiqishni taqdim etuvchi "IT Park Uzbekistan" xalqaro tashabbusi - "Digital Startup Awards" dasturi doirasida o‘z loyihalarini rivojlantirishni davom ettirishlari mumkin. Tafsilotlar va ro‘yxatdan o‘tish Startup Base platformasida mavjud.