Post content
🚀 15 dan ortiq startaplar — va har hafta yangi yutuqlar! Bu hafta yanada ko‘proq jamoalar bizning “Startup Advice” sessiyalarimizda ishtirok etib, o‘z mahsulot va g‘oyalarini rivojlantirish uchun amaliy ko‘rsatmalar olishdi. 💡 Biz ularga qanday masalalarni hal qilishda yordam berdik? – Startapingizni kengaytirish uchun kuchli jamoa qanday shakllantiriladi – Moliyalashtirish imkoniyatlari: grantlar, farishta investorlar va davlat dasturlari – Kundalik muammolarni qanday qilib avtomatlashtirilgan startaplarga aylantirish mumkin – Inkubatsiya va akseleratsiya dasturlarida qatnashish va eng mosini qanday tanlash lozim – G‘oyani tasdiqlash va MVPni qanday ishga tushirish mumkin – Biznes modelni takomillashtirish va mijozlar bazasini kengaytirish – Ta’lim yo‘nalishida qanday qilib mazmunli kontent yaratish mumkin Siz ham rivojlanishingizga yordam beradigan mutaxassislar ko‘magini xohlaysizmi? 📍 Onlayn yoki oflayn — biz startapingiz o‘sishiga yordamlashishga tayyormiz. ‼️ "Startup Advice" ishtirokchilari, shuningdek, startaplarga "1+1" dasturlari, venchur kreditlash, patentlarni himoya qilish, startaplar uchun IT vizalar, tartibga solish qumdoni, mentorlik, inkubatsiya va akseleratsiya, investitsiya imkoniyatlari va xalqaro bozorlarga chiqishni taqdim etuvchi "IT Park Uzbekistan" xalqaro tashabbusi - "Digital Startup Awards" dasturi doirasida o‘z loyihalarini rivojlantirishni davom ettirishlari mumkin. Tafsilotlar va ro‘yxatdan o‘tish Startup Base platformasida mavjud. 🔗Kelgusi sessiyaga ro‘yxatdan o‘ting va ilk oqilona qadamni tashlang.