TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← StartupBase
StartupBase avatar

TGINSIGHT POST

Post #5987

@startupbaseuz

StartupBase

Views3,100Post view count
PostedJul 2907/29/2025, 11:24 AM
Post content

Post content

🚀 Jizzaxda bo‘lib o‘tgan “Investor Day” doirasida 3 ta startap moliyalashtirildi Jizzaxda “Investor Day” o‘tkazildi — ushbu platforma orqali Jizzax, Toshkent va Sirdaryo viloyatlaridan kelgan startaplar o‘z g‘oyalarini bevosita investorlar e’tiboriga havola qilish imkoniyatiga ega bo‘ldi. 💡 Jami 11 ta startap o‘z loyihalarini quyidagi yetakchi investorlar oldida taqdim etdi: “AloqaVentures”, “IT Park Ventures”, “Startup Garage”, “Sarmo Ventures” va mustaqil biznes farishtalar bor edi. 🤝 B2B formatidagi uchrashuvlar ishtirokchilarga yetakchi mutaxassislardan amaliy tavsiyalar olish imkonini berdi: • Shahzod Narzullayev (IT Park Ventures) • Davron Parmonov (AloqaVentures) • Muhammad Xalil (Startup Garage) • Abdul Sharafiy (Sarmo Labs) 📈 Tadbirda 700 nafardan ortiq yosh ishtirokchilar qatnashdi — ko‘pchilik uchun bu tashabbus katta ilhom manbaiga aylandi. 🏆 AloqaVentures kompaniyasining investitsiya bitimlari: • Maqsaddosh — $20 000 • Medmap — $20 000 • Mom+ — $20 000 Bunday mintaqaviy tadbirlar innovatsion ekotizimni shakllantirish va mahalliy startaplarni faol investorlar bilan bog‘lashda muhim rol o‘ynaydi.