Post content
BIBAN 2025 — dunyodagi eng yirik tadbirkorlik forumlaridan biri bo‘lib, 1000 dan ortiq startap, xalqaro investorlar, akseleratorlar va innovatsiya yetakchilarini bir joyga to‘playdi. Ushbu forum MENA bozoriga kirish, investitsiya imkoniyatlari va global miqyosda tanilish uchun keng eshiklar ochadi. Nega ishtirok etishingiz kerak? ⏺ Startapingizni investor sahnasida taqdim eting va xalqaro venchur kapitaliga ega bo‘ling ⏺ Dunyo bo‘ylab 60 dan ortiq akselerator, inkubator va venchur studiyalari bilan aloqa o‘rnating ⏺ Saudiya bozoriga kirish uchun soft-landing dasturlari va MISA imtiyozlarini o‘rganing ⏺ 150 dan ortiq mamlakatdan kelgan 140 000 dan ziyod tashrif buyuruvchilarga o‘z innovatsiyalaringizni namoyish eting IT Park Uzbekistan rezidentlari va startaplari uchun maxsus imkoniyat! Biz “BIBAN 2025” forumida O‘zbekistonni taqdim etadigan startaplarni tanlamoqdamiz. Global miqyosda rivojlanish va soha yetakchilari bilan tanishish imkoniyatini boy bermang. 📅 2025-yil 5–8-noyabr 📍 Riyadh Front Exhibition & Conference Center, Saudiya Arabistoni Ro‘yxatdan o‘tish muddati: 2025-yil 5-sentyabr 🔗 O‘z o‘rningizni oldindan band qiling: havola