TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← StartupBase
StartupBase avatar

TGINSIGHT POST

Post #6053

@startupbaseuz

StartupBase

Views2,170Post view count
PostedAug 1408/14/2025, 09:56 AM
Post content

Post content

🇦🇿 Ozarbayjon — “Digital Startup Awards” dasturiga qo‘shildi! Ozarbayjonning startap ekotizimini shakllantirayotgan va butun mintaqa bo‘ylab asoschilar uchun yangi imkoniyatlar yaratayotgan ikki nufuzli innovatsion markaz — “SABAH.HUB” va “INNOLAND” — “Digital Startup Awards” dasturining hamkorlariga aylanganini mamnuniyat bilan e’lon qilamiz. 🤝SABAH.HUB — Ozarbayjonda iqtisodiy diversifikatsiyani qo‘llab-quvvatlash va kuchli startap ekotizimini yaratishga qaratilgan innovatsion markaz. Bugungi kunga qadar 95 dan ortiq startapni tezlashtirgan, 36 ta startapni moliyalashtirgan, 750 dan ortiq jamoalarni jalb etgan va 600 dan ortiq faol talabalarni o‘z faoliyatiga qamrab olgan “SABAH.HUB” — ta’lim, moliyaviy ko‘mak va mentorlik orqali yangi avlod asoschilarini yetishtirishda asosiy o‘rin tutadi. 🤝“INNOLAND” inkubatsiya va akseleratsiya markazi davlat-xususiy sheriklik modeli asosida faoliyat yuritadi va innovatsion g‘oyalarni amalga oshirish uchun qulay ekotizimni shakllantirishga xizmat qiladi. Markaz quyidagi yutuqlarga erishgan: xalqaro bozorda 3 ta muvaffaqiyatli chiqish (exit), 350+ startap inkubatsiya dasturini tamomlagan, 50+ startap akseleratsiya bosqichidan o‘tgan, 150+ malakali mutaxassisdan iborat mentorlar bazasi shakllangan, 16 ta universitet bilan anglashuv memorandumlari asosida hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan va 2 500 dan ortiq talaba inkubatsiya dasturlarini muvaffaqiyatli yakunlagan. “DSA” doirasida biz jasoratli asoschilarni qo‘llab-quvvatlash va innovatsion g‘oyalarni rivojlantirish yo‘lida birgalikda harakat qilamiz. 💻Digital Startup Awards — mintaqaviy g‘oyalar global maqsadlar bilan uchrashadigan maydon.