Post content
🚀Startaplar diqqatiga: COMEX OMAN 2025’da ishtirok eting! O‘zbekiston startaplarini “COMEX” — Ummonning raqamli transformatsiya, davlat-xususiy sheriklik va xalqaro hamkorlikni rivojlantiruvchi yetakchi texnologik tadbirida qatnashishga taklif etamiz. Tadbir “Vision 2040” doirasida tashkil etilmoqda. 🗓 8–11-sentyabr, 2025 📍 Oman Convention & Exhibition Centre (OCEC), Maskat E’tibor qaratilgan yo‘nalishlar: eGovernment, Enterprise Tech, Startup Ecosystem, Gaming & Esports, Fintech, Smart Cities, Automation, shuningdek, Cyber Security, Space Tech, AgriTech, HealthTech va boshqalar. Nega ishtirok etish kerak? 🔘 Mintaqaning markaziy innovatsion platformasida ishtirok etish 🔘 Investitsiya, mentorlik va global hamkorlik imkoniyatlaridan foydalanish 🔘 Startapingizni MENA mintaqasi va undan tashqariga kengaytirish O‘zbekistondan atigi 3 ta startap “COMEX” ko‘rgazmasida ishtirok etish uchun tanlab olinadi! 📌 Ariza topshirish: https://forms.office.com/r/DaFr2uWqpJ 🗓 Oxirgi muddat: 29-avgust, 2025 Tadbir IT Park, “Startupbase“ va “COMEX” ko‘magida tashkil etilmoqda.