Post content
🚀Startup & Venture Summit — ICT Week Uzbekistan 2025 2025-yil 25-sentyabr kuni Toshkent shahrida “ICT Week” doirasidagi eng muhim tadbirlardan biri — “Startup & Venture Summit” bo‘lib o‘tadi. Mazkur xalqaro sammitda 500 dan ortiq ishtirokchilar — startaplar, venchur fondlar, akseleratorlar, davlat idoralari hamda yirik xalqaro korporatsiyalar birlashib, Markaziy Osiyoda innovatsiyalar kelajagini belgilab beradi. ✨Nega qatnashishingiz kerak? ✔️ “Dealroom.co”, “Plug and Play”, “Purple Ventures”, “StartX” va “Doha Tech Angels” kabi nufuzli tashkilotlar rahbarlari ishtirokida ma’ruzalar tinglang. ✔️ Startaplarni kengaytirish, venchur kapitalini rivojlantirish va xorijdagi o‘zbek startapchilarning muvaffaqiyatli tajribasi haqida bilim oling. ✔️ Xalqaro investorlar, mentorlar va strategik hamkorlar bilan bevosita aloqalar o‘rnating. ✔️ Real imkoniyatlar yaratadigan networking va B2B sessiyalarida qatnashing. O‘zbekiston uchun ushbu sammit — milliy startap ekotizimi va investitsiya salohiyatini jahon miqyosida namoyish etish, shuningdek, mintaqaviy hamkorlikning yangi ufqlarini ochish yo‘lidagi muhim qadamlardan biridir. 🔗Ro‘yxatdan o‘ting:outsource.gov.uz 📖 Batafsil ma’lumot olish uchun maqolani to’liq o’qing: it-park.uz 👉 Mintaqaning eng nufuzli startap va venchur tadbirida ishtirok etish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!