TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← StartupBase
StartupBase avatar

TGINSIGHT POST

Post #6132

@startupbaseuz

StartupBase

Views2,009Post view count
PostedAug 2908/29/2025, 05:52 AM
Post content

Post content

🇰🇿 Qozog‘iston “Digital Startup Awards” dasturiga qo‘shildi Digital Startup Awards — bu mintaqadagi startap ekotizimining kuchli ishtirokchilarini birlashtirish orqali tadbirkorlarga kengroq imkoniyatlar yaratishga qaratilgan tashabbusdir. Qozog‘istondagi hamkorlarimiz — “Astana Hub” va “MOST Hub”, mamlakatda innovatsiyalar va tadbirkorlikni rivojlantirayotgan ikki muhim kuchdir. 🤝Astana Hub — Markaziy Osiyodagi innovatsion klaster bo‘lib, texnologiya sohasi uchun ekotizim yaratish va rivojlantirish, yuqori malakali IT-mutaxassislarni tayyorlash hamda startap loyihalarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan. Bugungi kunda bu markazda 1700 dan ortiq texnologik kompaniya, jumladan xorijiy kapital ishtirokidagi 450 dan ziyod korxona faoliyat yuritmoqda. 🤝MOST Hub — startaplar va venchur investorlar uchun xususiy ekotizim. Kompaniya g‘oyadan va prototipdan boshlab, kengayish va kapital jalb qilishgacha bo‘lgan to‘liq qo‘llab-quvvatlash jarayonini yo‘lga qo‘ygan. Guruh tarkibiga: “MOST Ventures” venchur fondi, “MOST IT Hub” agile makoni, “MOST NeoBank” raqamli moliyaviy xizmati, MOST Investors’ Club”, va “MOST Business Intelligence” inkubatori kiradi. Birgalikda biz jamoalarni kengayishga, bilim almashishga va o‘z yurtidan tashqarida ham talab yuqori bo‘lgan mahsulotlarni yaratishga ko‘maklashamiz. 💻Digital Startup Awards — bu mintaqaviy g‘oyalar global maqsadlar bilan uchrashadigan maydon 🚀 ⏳ Ro‘yxatdan o‘tish 2 kundan so‘ng yakunlanadi — imkoniyatni boy bermang!