Post content
🇦🇲Armaniston — “Digital Startup Awards” dasturiga qo‘shildi Digital Startup Awards — mintaqadagi startap ekotizimlarining yetakchi kuchlarini birlashtirib, tadbirkorlarga kengayish uchun yanada ko‘proq imkoniyatlar yaratishga qaratilgan xalqaro tashabbus. Armanistondagi hamkorlarimiz: “Enterprise Incubator Foundation” va “Enterprise Armenia” — mamlakatda innovatsiyalar va investitsiyalarni rivojlantirayotgan ikki yetakchi tashkilot hisoblanadi. 🤝Enterprise Incubator Foundation (EIF) — Armanistonning yetakchi innovatsiya va tadqiqot agentligi bo‘lib, yuqori texnologiyalar sohasida biznesga yo‘naltirilgan innovatsiyalarni ilgari surish va mintaqaviy taraqqiyotni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan. Yillar davomida “EIF” Armaniston texnologik ekotizimining asosiy tayanchiga aylangan bo‘lib, startaplar, ilmiy-tadqiqot faoliyati va xalqaro hamkorlikni rivojlantirib kelmoqda. 🤝Enterprise Armenia — milliy investitsiyalarni rag‘batlantirish agentligi hisoblanib, mahalliy va xorijiy investorlar uchun “yagona darcha” sifatida faoliyat yuritadi. Agentlik investitsion jarayonning barcha bosqichlarida — boshlang‘ich maslahat va yo‘naltirishdan tortib, keyingi xizmat ko‘rsatishgacha — to‘liq qo‘llab-quvvatlashni ta’minlab, Armanistonni global biznes uchun jozibador markaz sifatida ilgari surishga xizmat qiladi. Birgalikda biz startaplarni kengayishga tayyorlash, transchegaraviy hamkorlik uchun yangi imkoniyatlar yaratish va mintaqaviy iste’dodlarni global sahnada namoyish etishga intilamiz. 💻Digital Startup Awards — mintaqaviy g‘oyalar global maqsadlar bilan uchrashadigan maydon 🚀 ⌛ Ro‘yxatdan o‘tish muddati yaqinlashmoqda — ariza topshirish imkoniyatini boy bermang!