TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← StartupBase
StartupBase avatar

TGINSIGHT POST

Post #6138

@startupbaseuz

StartupBase

Views2,350Post view count
PostedSep 209/02/2025, 05:21 AM
Post content

Post content

“TechCrunch Disrupt 2025” konferensiyasida Silkroad paviloniga qo‘shiling! 🚀 “Silkroad Innovation Hub” ketma-ket uchinchi yil “TechCrunch Disrupt” bilan hamkorlikda “Startup Alley” doirasida pavilon tashkil etmoqda. O‘tgan yili bizning pavilonimiz konferensiyadagi eng yirik bo‘lib, unda Qozog‘iston, O‘zbekiston, Ozarbayjon, Qirg‘iziston va AQShdan jami 24 ta startap o‘z mahsulotlarini taqdim etdi. ✨TechCrunch Disrupt nima? TechCrunch Disrupt — dunyodagi eng yirik startap konferensiyasi bo‘lib, unda har yili 10 mingdan ortiq ishtirokchilar, jumladan, yetakchi investorlar, venchur fondlar rahbarlari va startap asoschilari ishtirok etadi. Startaplar uchun bu — investitsiya jalb qilish, foydali aloqalar o‘rnatish va sezilarli e’tibor qozonish imkoniyati. Sizga beriladigan imkoniyatlar: ✔️ 3 kunlik stend + brendlangan banner ✔️ “Silkroad Pavilion” sessiyasida pitching maydoni ✔️ “TechCrunch Disrupt” mobil ilovasidan barcha ishtirokchilar bazasiga kirish ✔️ 2 ta to‘liq kirish ruxsatnomasi Bu yilgi tadbir hozirga qadar o‘tkazilganlari orasida eng yaxshisi bo‘lishi kutilmoqda! 👉 Ariza topshirish: silkroadtcdisrupt.com ⌛ So‘nggi muddat:2025-yil 1-oktyabr 💡 Imkoniyatni boy bermang!