TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← StartupBase
StartupBase avatar

TGINSIGHT POST

Post #6143

@startupbaseuz

StartupBase

Views489Post view count
PostedSep 309/03/2025, 05:33 AM
Post content

Post content

Global Startup Awards — Markaziy Osiyo final bosqichi Toshkentda 🌟 2025-yil 26-sentyabr kuni Toshkent “ICT Week Uzbekistan” doirasida tashkil etilayotgan dunyodagi eng nufuzli startap tadbirlaridan biri — “Global Startup Awards” (GSA) Markaziy Osiyo final bosqichiga mezbonlik qiladi. Ushbu muhim anjuman sakkiz mamlakatdan startaplarni yetakchi investorlar, akseleratorlar, ekspertlar va OAV vakillari bilan birlashtirib, innovatsiyalarni nishonlash hamda Markaziy Osiyoning global maydondagi mavqeini mustahkamlash uchun kuchli platforma yaratadi. ✨ Nega ishtirok etish kerak? ✔️ Xalqaro sanoat yetakchilari va investorlardan bilim olish ✔️ Markaziy Osiyoning global innovatsiya markaziga aylanishi haqidagi muhokamalarda ishtirok etish ✔️Ilk taqdirlash marosimiga guvoh bo‘lish — unda mintaqaning eng istiqbolli startaplari tantanali ravishda taqdirlanadi ✔️ Yetakchi ekotizim ishtirokchilari va qaror qabul qiluvchi shaxslar bilan bevosita aloqalar o‘rnatish GSA yuqori o‘sish salohiyatiga ega innovatsion tadbirkorlar va ularning startaplarini global tanlovlar, tadbirlar, hamkorlik va hamjamiyat orqali aniqlaydi hamda qo‘llab-quvvatlaydi. O‘zbekiston uchun GSA finalini o‘tkazish — mamlakatning startap salohiyatini namoyish etish, venchur fondlar va akseleratorlar bilan hamkorlikni kengaytirish hamda xalqaro e’tirofga erishish uchun noyob imkoniyatdir. 🔗 Hoziroq ro‘yxatdan o‘ting: outsource.gov.uz 📖 To‘liq maqolani o‘qish: outsource.gov.uz 👉 Mintaqadagi eng nufuzli startap tadbirining bir qismiga aylanish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang! 🚀