Post content
IT Park Uzbekistan va “DIFC Innovation Hub” o‘rtasidagi hamkorlik doirasida O‘zbekistondan 100 ta startap “Ignyte” platformasidan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi. ➡️ Ignyte — startaplar, investorlar, akseleratorlar va ekspertlarni birlashtiruvchi raqamli platforma bo‘lib, innovatsion tadbirkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladi. “Ignyte” orqali startaplar investitsiya imkoniyatlari, mentorlik va akseleratsiya dasturlari, amaliy vositalar orqali MENA bozoriga chiqish va global miqyosda kengayish imkoniyatlarini qo‘lga kiritadilar. “Ignyte” platformasiga qo‘shilish orqali siz “DIFC Innovation Hub” global ekotizimining bir qismiga aylanib, strategik o‘sish, hamkorlik va xalqaro aloqalar uchun yangi imkoniyatlarga ega bo‘lasiz. ✨ “Ignyte” platformasining a’zosi bo‘lib, MENA bozoriga chiqish uchun “DIFC Innovation Hub” imkoniyatlaridan foydalanishni xohlaysizmi? 👉 Hoziroq ariza topshiring: havola 🏪 Ariza topshirish 15-sentyabrgacha davom etadi