TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← StartupBase
StartupBase avatar

TGINSIGHT POST

Post #6304

@startupbaseuz

StartupBase

Views2,840Post view count
PostedOct 2910/29/2025, 07:42 AM
Post content

Post content

🎮 Demo Day davomida O‘zbekistonlik dasturchilarning o‘yinlarini o‘ynang! Jamoalar bir necha oydan beri o‘z loyihalarini yaratib kelmoqda va ularni ommaga namoyish etishga tayyor. O‘yinchilar uchun o‘yinlar, ishlab chiquvchilar uchun sovrinlar! Loyihalarni baholab, mukofotlarni kim olishini hal qiling. Tadbirning bosh homiysi va hamkori — Click’dan sovg‘alar: 🥇 1-o‘rin — 15 000 000 so‘m 🥈 2-o‘rin — 12 000 000 so‘m 🥉 3-o‘rin — 10 000 000 so‘m 🏆 Maxsus nominatsiya: “East Games” ko‘magida “Tomoshabinlar tanlovi” mukofoti Sizni nimalar kutmoqda: 🕹 O‘zbekistonlik ishlab chiquvchilar yaratgan 20 dan ortiq o‘yinlar 😋 Stendlardan o‘tganingiz uchun ajoyib sovg‘alar 📝 “Tomoshabinlar tanlovi” uchun ovoz berish 🏆 Sovg‘ali ikkita viktorina — musiqa va o‘yin bo‘yicha O‘zbekistonlik o‘yin ishlab chiquvchilar vakillari bilan uchrashish, hamfikrlarni topish, sohadagi yangiliklarni muhokama qilish va shunchaki ajoyib vaqt o‘tkazish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang! 🗓 Sana: 9-noyabr, yakshanba 🕖 Vaqt: 15:00-20:00 📍 Manzil: Gyote instituti, Toshkent shahri 🔗 Kirish bepul, lekin ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi