TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← StartupBase
StartupBase avatar

TGINSIGHT POST

Post #6469

@startupbaseuz

StartupBase

Views774Post view count
PostedNov 2811/28/2025, 09:41 AM
Post content

Post content

🚀Startup Advice haftasi samarali yakunlandi — 100+ ishtirokchi, 17 ta startap! Startup Base har haftalik Startup Advice tashabbusini davom ettirmoqda — yosh asoschilarni qo‘llab-quvvatlash va O‘zbekiston startap ekotizimini mustahkamlashga qaratilgan bepul ta’lim dasturi. Bu hafta sessiyalar onlayn va oflayn formatlarda bo‘lib o‘tdi. Oflayn uchrashuvlar Amity, MDIS va TDIUda tashkil qilindi. 📊 Haftalik natijalar: — 100+ ishtirokchi — 17 startap — 10 oflayn sessiya — 7 onlayn sessiya 🏫 Universitetlar kesimida: — AMITY — 60+ ishtirokchi — MDIS — 10+ ishtirokchi, 2 ta startapga individual maslahat — TDIU — 10+ ishtirokchi 💡 Asosiy mavzular: — startap biznes-modelini shakllantirish — investitsiya jarayonlari va talablar — mahsulotni bozorga olib chiqish strategiyalari — 🔝Va eng muhim yangilik — kelasi hafta Startup Advice dasturida maxsus mehmon-mentor bo'lib, Tezbor asoschisi Umid Akhmedov ishtirok etadi. 📆 Sana: 1 dekabr Faqat 2 ta o'rin mavjud! Quyidagilarni bilib olasiz: 🟢 startapni tez o'sishiga mo'ljallangan amaliy vositalar 🟢 investorlar bilan muloqot qilish strategiyalari 🟢 savdo, mijozlarni rivojlantirish va miqyosga chiqish bo'yicha yo'riqnomalar 🚀 Amaliy tadbirkordan bevosita o'rganish imkonini beruvchi bu noyob imkoniyatni qo'ldan boy bermang. 🔗 Umid Akhmedov bilan Startup Advice sessiyasiga ro'yxatdan o'ting: Shuningdek, bizda IT Park Uzbekistan mutaxassislari bilan an'anaviy Startup Advice sessiyasi bo'lib o'tadi: 📆 Sana: 4 dekabr 🔗 IT ParkUzbekistan bilan Startup Advice sessiyasiga ro'yxatdan o'ting. Kelgusi mentorlik sessiyalariga qo'shiling va startapingizni biz bilan birga rivojlantiring!