Post content
🇨🇳Xitoy bozori Markaziy Osiyo startaplari uchun yangi imkoniyatlar ochmoqda Khan Tengri Innovation Hub va Hong Kong–Shenzhen Innovation & Technology Park (HSITP) hamkorligi orqali O‘zbekiston, Qozog‘iston va mintaqadagi boshqa davlatlardan startaplar SPIN, IGNITE va GAS inkubatsiya dasturlarida ishtirok etish imkoniga ega bo‘lishmoqda. Dasturlar turli bosqichdagi jamoalar uchun mo‘ljallangan. 5-dekabr kuni HSITP va Khan Tengri Hub ochiq onlayn info-sessiya o‘tkazadi. Unda dasturlar haqida batafsil ma’lumot beriladi, tanlov shartlari tushuntiriladi va Xitoy bozoriga kirishni rejalashtirayotgan jamoalarning savollariga javob beriladi. Dastur startaplar uchun mutlaqo bepul va hech qanday kapital talab qilmaydi, bu esa uni Xitoy bozoriga kirish uchun eng qulay darvozalardan biriga aylantiradi. 🗓Sana: 5-dekabr 🌐Format: onlayn 🔗 Ro‘yxatdan o‘tish Agar Xitoyni navbatdagi bozor sifatida ko‘rib chiqayotgan bo‘lsangiz, bu imkoniyatni boy bermang.