Post content
🌍 Central Asian Innovation Hubs tashabbusi doirasida yana bir muhim qadamlardan biri — Scale Up Dubai dasturining yakuniy Demo Day tadbiri o‘tkazildi Markaziy Osiyodan saralangan startaplar BAAning jadal rivojlanayotgan innovatsion ekotizimi bilan yaqindan tanishib, o‘z mahsulotlarini investorlar, korporativ hamkorlar va mintaqa mutaxassislariga taqdim etishdi. Dastur davomida jamoalar GCC bozoriga moslashish, savdo strategiyasini shakllantirish va potensial pilot loyihalar yuzasidan muzokaralar olib bordi. Scale Up Dubai doirasida O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘izistondan kelgan startaplar mintaqaviy innovatsion hamkorlikning yangi bosqichiga chiqdi — bugun BAAda 15+ Markaziy Osiyo startaplari faoliyat yuritmoqda, va ular ekotizimlararo hamkorlikni yanada mustahkamlamoqda. 🚀 Demo Day natijalari startaplar uchun global kengayish, investitsiya jalb qilish va yangi bozorlarni zabt etishda katta imkoniyatlar yaratdi. Markaziy Osiyoning innovatsion salohiyati tobora oshib bormoqda — va bu jarayonda IT Park Uzbekistan hamkor ekotizimlar bilan birgalikda yangi imkoniyatlar yaratishda davom etadi. 🔗 To'liq maqolani o'qing: startupbase.uz