TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← StartupBase
StartupBase avatar

TGINSIGHT POST

Post #6511

@startupbaseuz

StartupBase

Views726Post view count
PostedDec 912/09/2025, 11:42 AM
Post content

Post content

🇺🇿 O‘zbekistonda Best Startup Project yarim finali bo‘lib o‘tdi Digital Startup Awards (DSA) doirasidagi navbatdagi yarim final O‘zbekistonda bo‘lib o‘tdi va mamlakatning eng istiqbolli startap jamoalarini bir maydonga jamladi. Tanlovda 18 ta startap o‘z g‘oyalari bilan qatnashdi, ulardan to‘rttasi — Tezbor, Fleetroot, UYSOT va HGT — Toshkentda o‘tadigan Grand Finale yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Tezbor — gig-iqtisodiyot kuryerlari va parcelshop tarmog‘i orqali onlayn savdo uchun AI asosidagi yetkazib berish platformasi. Startap e-commerce bozorini tez va samarali logistika bilan ta’minlashga yordam beradi. Fleetroot — Last Mile Delivery, IoT Fleet Management va Order Management uchun yaratilgan SaaS platforma. U bizneslarga xarajatlarni qisqartirish, jarayonlarni avtomatlashtirish va yetkazib berishni optimallashtirishda yordam beradi. UYSOT — ko‘chmas mulk quruvchilari uchun maxsus mo‘ljallangan CRM tizimi va marketplace platformasi. Yechim developerlar uchun sotuv, mijozlar bilan ishlash va loyihalarni boshqarishni bir markazga jamlaydi. HGT — kommunal xizmatlar sohasini raqamlashtirishga qaratilgan texnologik startap. Startap xavfsiz, qulay va tezkor to‘lov tizimini yaratmoqda. Yarim final quyidagi hakamlar tomonidan baholandi: Shakhzod Narzullayev — IT Park Ventures investisiya menejeri Islambek Kadyrov — UzVC investisiya menejeri Shakhzod Ismoilov — Yoshlar Ventures investisiya menejeri Tadbir IT Park Uzbekistan, IT Park Ventures, Raqamli texnologiyalar vazirligi va C-Space ko‘magida o‘tkazildi. 🔗 Batafsil maqola: startupbase.uz