Post content
💻 Digital Startup Awards Grand Finale natijalari e’lon qilindi! Joriy yilning 12–13-dekabr kunlari Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi, IT Park Uzbekistan va IT Park Ventures tomonidan Markaziy Yevroosiyodagi eng yirik tashabbuslardan biri — umumiy sovrin jamg‘armasi 1 million AQSh dollarini tashkil etgan xalqaro “Digital Startup Awards” tanlovining grand finali o‘tkazildi. 2025-yilda dasturga Markaziy Osiyo, Kavkaz va Mo‘g‘uliston bo‘ylab startaplardan 1025 ta ariza kelib tushdi, jamoalar Inkubatsiya, Akseleratsiya va Eng yaxshi startap yo‘nalishlari bo‘yicha tanlovda ishtirok etdilar. Yakuniy bosqichda Inkubatsiya va Akseleratsiya dasturlarini muvaffaqiyatli yakunlagan 29 ta startap hamda Best Startup Project bo‘yicha 22 ta finalchi qatnashdi. Startaplar sun’iy intellekt, SaaS, GovTech, FinTech, EdTech va boshqa sohalar bo‘yicha yechimlarni taqdim etdilar, g‘oliblar esa IT Park Ventures tomonidan munosib sovg‘alar va o‘z loyihalarini amalga oshirish uchun investitsiyalarga sazovor bo‘ldilar. 🌐 Batafsil ma’lumot olish uchun maqolani to‘liq o‘qing: startupbase.uz — 💻 The results of the Digital Startup Awards Grand Finale have been announced! On December 12–13, the Ministry of Digital Technologies of the Republic of Uzbekistan, together with IT Park Uzbekistan and IT Park Ventures, held the grand final of the international Digital Startup Awards in Tashkent — one of Central Eurasia’s largest startup initiatives with a total prize fund of $1 million. In 2025, the program received 1,025 applications from startups across Central Asia, the Caucasus, and Mongolia, with teams competing in the Incubation, Acceleration, and Best Startup Project tracks. The final stage featured 29 startups that successfully completed the Incubation and Acceleration programs and 22 finalists in the Best Startup Project track. Startups presented solutions across AI, SaaS, GovTech, FinTech, EdTech, and other sectors, while winners received prizes and investments from IT Park Ventures. 🌐 Read the full article to learn more: startupbase.uz