Post content
Farg‘onada “Future Innovators” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi 🚀25-fevral kuni Farg‘ona davlat texnika universitetida talabalar ishtirokida raqamli iqtisodiyot va startap ekotizimini rivojlantirishga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda mamlakatda startaplarni rivojlantirish uchun yaratilayotgan sharoitlar, grantlar, inkubatsiya va akseleratsiya dasturlari, shuningdek, g‘oyani shakllantirishdan uni rivojlantirishgacha bo‘lgan bosqichlar yuzasidan taqdimotlar o‘tkazildi. 💡Universitetda “Startap klubi”ni tashkil etish tashabbusi, unga a’zo bo‘lish tartibi bo‘yicha tushuntirishlar berildi. Talabalar o‘z g‘oyalari va savollari bilan faol qatnashib, mutaxassislardan amaliy tavsiyalar oldi. 🖥Batafsil saytimizda o‘qing LinkedIn | Facebook| Instagram| Website