TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
Post content
Post content
Startup Roadshow: Samarqandda talabalar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi Startup Roadshow’ning navbatdagi manzili Samarqand viloyati bo‘ldi. Najot Ta’lim filiali, 9-sonli maktab va TATU filiallarida o‘quvchi va talabalarga startap ekotizimi va undagi imkoniyatlar haqida ma’lumot berildi. Ishtirokchilarga O‘zbekiston Prezidentining startaplarni qo‘llab-quvvatlashning kompleks ekotizimini joriy etishga doir qarori mazmuni batafsil tushuntirildi. Startaplar uchun yangi imkoniyatlar, davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari haqida ma’lumot berildi. Loyihalarni ishga tushirish va kengaytirish bo‘yicha amaliy vositalarga alohida e’tibor qaratildi. 🖥Batafsil saytimizda o‘qing LinkedIn | Facebook| Instagram| Website