Post content
Startup Roadshow’ning navbatdagi manzili — Sirdaryo Sirdaryo viloyatida Startup Roadshow doirasidagi tadbirlar bo‘lib o‘tdi. Guliston shahridagi Yoshlar markazida, shuningdek, Prezident maktabi va Guliston davlat universitetida uchrashuvlar tashkil etildi. Tadbirlar davomida ishtirokchilarga O‘zbekiston Prezidentining startaplarni qo‘llab-quvvatlashning kompleks ekotizimini joriy etishga doir qarori mazmuni batafsil tushuntirildi. Amaliy keyslar tahlil qilindi, loyihalarni rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar olindi. Uchrashuvlar yakunida ishtirokchilar startap g‘oyalarini rivojlantirish va ekotizimga qo‘shilish bo‘yicha aniq tasavvur hamda foydali tavsiyalarga ega bo‘ldi. 🖥Batafsil saytimizda o‘qing LinkedIn | Facebook| Instagram| Website