TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← StartupBase
StartupBase avatar

TGINSIGHT POST

Post #7037

@startupbaseuz

StartupBase

Views1,370Post view count
PostedFeb 2702/27/2026, 12:28 PM
Post content

Post content

Buxoroda Startup Roadshow’ning navbatdagi uchrashuvlari o‘tkazildi Buxoro viloyatida o‘tkazilayotgan Startup Roadshow doirasidagi navbatdagi uchrashuvlar Buxoro Innovatsiyalar universiteti hamda IT Park viloyat filialida tashkil etildi. Uchrashuv davomida ishtirokchilarga startapni real kasbiy yo‘l sifatida shakllantirish, g‘oyani bosqichma-bosqich rivojlantirish hamda mamlakatda yaratilayotgan qo‘llab-quvvatlash mexanizmlaridan samarali foydalanish bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, Lactamira loyihasi asoschisi Ozoda Olimova hamda SmartBooking loyihasi ijrochi direktori Anna Urunova o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashib, startapni g‘oyadan tayyor mahsulotga aylantirish jarayoni bo‘yicha amaliy tavsiyalar berdi. Uchrashuv yakunida yoshlar o‘z savollariga javob olib, startap ekotizimiga qo‘shilish va loyihalarni rivojlantirish bo‘yicha aniq yo‘l xaritasiga ega bo‘ldi. 🖥Batafsil saytimizda o‘qing LinkedIn | Facebook| Instagram| Website