TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← StartupBase
StartupBase avatar

TGINSIGHT POST

Post #7071

@startupbaseuz

StartupBase

Views705Post view count
PostedFeb 2802/28/2026, 06:48 AM
Post content

Post content

Startapingizni rivojlantirishingizga yana qo‘shimcha imkoniyat: President Tech Award tanlovi mukofot jamg‘armasi 5 baravar ortadi! Har safar AyTichi yoshlar bilan uchrashuvda Davlatimiz Rahbari yoshlarga qo‘shimcha imkoniyatlar ochib beradilar. O‘tgan safargi uchrashuvdan keyin 1 mln dollar mukofot jamg‘armasiga ega President Tech Award tanlovi ishga tushgandi. Unda 13 mingdan ortiq yoshlarimiz shu kungacha qatnashishdi. Bu safargi yoshlar bilan uchrashuvda Davlatimiz Rahbari President Tech Award g‘oliblari loyihalari bilan ham tanishib, kelgusi yillarga ushbu tanlovni qamrovini yanada kengaytirish uchun uni $1 mlndan $5 mlnga ko‘tarish bo‘yicha vazifa belgiladilar. Keyingi yilgi tanlovga qatnashing, yutish imkoniyatingiz yanada kengaydi: awards.gov.uz O‘z startapingizni yanada rivojlanirish niyatida bo‘lsangiz uni startapbase.uz da ro‘yxatdan o‘tkazing va ushbu saytdagi yangi ochiladigan imkoniyatlardan foydalanib boring!