TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← StartupBase
StartupBase avatar

TGINSIGHT POST

Post #7092

@startupbaseuz

StartupBase

Views2,060Post view count
PostedMar 303/03/2026, 11:34 AM
Post content

Post content

Startup Roadshow: Qoraqalpog‘istonda yoshlar bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi Startup Roadshow’ning navbatdagi manzili Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘ldi. Qoraqalpog‘iston davlat universiteti, Prezident maktabi hamda Yoshlar markazidagi uchrashuvlarda yoshlarga startap ekotizimi va uning ahamiyati batafsil tushuntirildi. Yoshlar g‘oyalarni erta bosqichda qo‘llab-quvvatlash, mentorlik tizimini yo‘lga qo‘yish va moliyaviy mexanizmlarni faollashtirish borasida ma’lumotlar oldi. Ularga bozor talablarini o‘rganish va loyihalarni bosqichma-bosqich rivojlantirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi. Uchrashuv yakunida yoshlar o‘z savollariga javob olib, startap ekotizimiga qo‘shilish va loyihalarni rivojlantirish bo‘yicha aniq yo‘l xaritasiga ega bo‘ldi. 🖥Batafsil saytimizda o‘qing LinkedIn | Facebook| Instagram| Website