TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← StartupBase
StartupBase avatar

TGINSIGHT POST

Post #7186

@startupbaseuz

StartupBase

Views59,900Post view count
PostedMar 1603/16/2026, 06:54 AM
Post content

Post content

🇺🇿O‘zbekiston bo‘ylab 7 hududda 1 oylik intensiv Inkubatsiya dasturi boshlanmoqda IT Park Uzbekistan yoshlarga, talabalarga va startap g‘oya egalariga mo‘ljallangan 1 oylik Inkubatsiya dasturini boshlayotganini ma’lum qiladi. Dastur quyidagi hududlarda amalga oshiriladi: 🟢Xorazm viloyati 🟢Samarqand viloyati 🟢Buxoro viloyati 🟢Qashqadaryo viloyati 🟢Surxondaryo viloyati 🟢Navoiy viloyati 🟢Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kimlar qatnashishi mumkin? — Oliy ta’lim muassasalari talabalari — IT o‘quv markazi tinglovchilari — IT kompaniyalari mutaxassislari — Startap g‘oyasiga ega barcha yoshlar Yo‘nalishlar cheklanmagan — istalgan sohada startap g‘oya bilan qatnashish mumkin. Dastur oflayn va onlayn formatlarda tashkil etiladi, istaganlar virtual tarzda ham ishtirok etishlari mumkin. Ishtirokchilarni nimalar kutmoqda? ✔️ Lean Startup metodologiyasi asosida intensiv darslar ✔️ Mentorlar va ekspertlar bilan amaliy mashg‘ulotlar ✔️ Mahorat darslari ✔️ Jamoa bo‘lib ish yuritish ✔️ MVP yaratish bo‘yicha amaliy jarayonlar ✔️ Startapni venchur jamg‘armalar va investorlar oldida taqdim etish 🔜 Dedlayn: 26-mart 20:00 👉Batafsil ma’lumot va ro‘yxatdan o‘tish LinkedIn | Facebook| Instagram| Website