TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← StartupBase
StartupBase avatar

TGINSIGHT POST

Post #7239

@startupbaseuz

StartupBase

Views3,800Post view count
PostedMar 2503/25/2026, 11:28 AM
Post content

Post content

Go-to-Market Series: Qirg‘iziston bozoriga kirish IT Park Uzbekistan xalqaro bozorga chiqishni rejalashtirayotgan startaplar va IT kompaniyalar uchun “Go-to-Market” onlayn sessiyalarini davom ettirmoqda. 2-aprel kuni bo‘lib o‘tadigan navbatdagi sessiya Markaziy Osiyoda kengayishni rejalashtirayotgan kompaniyalar uchun istiqbolli qo‘shni bozor — Qirg‘izistonga bag‘ishlanadi. Qirg‘iz Respublikasi Yuqori texnologiyalar parki bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan ushbu sessiyada mamlakatning texnologik ekotizimi, biznes muhiti hamda bozorga kirish strategiyalari bo‘yicha amaliy va tizimli ma’lumotlar taqdim etiladi. Sessiya davomida ishtirokchilar Qirg‘iziston bozorini strategik nuqtai nazardan baholash hamda u yerda samarali faoliyat yo‘lga qo‘yish uchun zarur bo‘lgan asosiy omillar haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘ladi. 🔜Vaqti: 2-aprel, 15:30 (Toshkent vaqti bilan) Dastur: — Qirg‘iziston texnologik ekotizimi va bozor haqida umumiy ma’lumot — Bozorga kirish yo‘llari, soft-landing va B2B hamkorlik imkoniyatlari — Mijozlarni jalb qilish strategiyalari — Investitsiya muhiti va venchur kapital ekotizimi — Huquqiy va me’yoriy-muvofiqlik asoslari 🔗Sessiyaga ro‘yxatdan o‘tish 🖥Batafsil saytimizda o‘qing — Go-to-Market Series: Unlocking Kyrgyzstan IT Park Uzbekistan continues its Go-to-Market online sessions designed to support startups and IT companies in entering international markets. The upcoming session on April 2 will focus on Kyrgyzstan — a neighboring market that presents growing opportunities for companies aiming to expand across Central Asia. Organized in partnership with the High Technology Park of the Kyrgyz Republic, the session will provide practical and structured insights into Kyrgyzstan’s tech ecosystem, business environment, and key market entry strategies. During the session, participants will gain a strategic understanding of the Kyrgyz market and explore the essential factors required to successfully establish and scale operations there. 🔜Date & Time: April 2, 15:30 (Tashkent time) Agenda: — Overview of the Kyrgyz tech ecosystem and market — Market entry pathways, soft-landing, and B2B partnership opportunities — Client acquisition strategies — Investment landscape and venture capital ecosystem — Legal and compliance framework 🔗Register for Session 🖥Read more on our website LinkedIn | Facebook| Instagram| Website