Post content
Go-to-Market Series: Janubiy Koreya bozoriga kirish IT Park Uzbekistan xalqaro bozorga chiqishni rejalashtirayotgan startaplar va IT kompaniyalar uchun navbatdagi Go-to-Market sessiyasini e’lon qildi. Bu safar e’tibor Janubiy Koreyaga — Dunyoning yetakchi innovatsion markazlaridan biriga qaratiladi. Ushbu bozor texnologik rivojlanish darajasi, investitsiya imkoniyatlari va global kompaniyalar bilan ishlash imkoniyati bilan ajralib turadi. Biroq Koreya bozori oddiy emas: bu yerda muvaffaqiyatga erishish uchun nafaqat texnologiya, balki to‘g‘ri strategiya va biznes madaniyatni tushunish ham muhim. SparkLabs hamkorligida tashkil etilayotgan sessiyada ishtirokchilar Koreyaning texnologik ekotizimi, biznes muhiti va bozorga kirish mexanizmlari haqida amaliy va tizimli tushunchaga ega bo‘ladi. Qanday qilib ushbu bozorga kirish, hamkorlar topish va faoliyatni yo‘lga qo‘yish mumkin — bu savollarga javob sessiya davomida beriladi. Dastur: — Koreya texnologik ekotizimi va bozor haqida umumiy ma’lumot — Bozorga kirish strategiyalari va kengayish yo‘llari — Koreya biznes madaniyati va hamkorlikni yo‘lga qo‘yish — Investitsiya muhiti va moliyalashtirish imkoniyatlari — Huquqiy asoslar va kompaniya tashkil etish 🔜 Vaqti: 7-aprel, 11:00 (Toshkent vaqti bilan) 🔗Sessiyaga ro‘yxatdan o‘tish 🖥Batafsil saytimizda o‘qing — Go-to-Market Series: Unlocking South Korea IT Park Uzbekistan has announced a new Go-to-Market session for startups and IT companies aiming to expand internationally. This time, the focus is on South Korea — one of world's leading innovation hubs, known for its advanced technology ecosystem, strong investment landscape, and global market access. However, entering the Korean market is not straightforward. Success requires not only strong technology, but also a clear strategy and an understanding of local business culture. Organized in partnership with SparkLabs, the session will provide practical and structured insights into Korea’s tech ecosystem, business environment, and market entry strategies. Participants will explore how to enter the market, build partnerships, and establish a sustainable presence in one of Asia’s most competitive ecosystems. Agenda: — Overview of the Korean tech ecosystem and market — Market entry strategies and expansion pathways — Korean business culture and partnership building — Investment landscape and funding opportunities — Legal framework and company setup essentials 🔜 Date & Time: April 7, 11:00 (Tashkent time) 🔗Register for Session 🖥Read more on our website LinkedIn | Facebook| Instagram| Website