Post content
Toshkentda Markaziy Yevroosiyo venchur forumibo‘lib o‘tmoqda Bugun Toshkent shahrida innovatsiyalar, startaplar va venchur investitsiyalar mavzusiga bag‘ishlangan Markaziy Yevroosiyo venchur forumi bo‘lib o‘tmoqda. Tadbirda mahalliy va xalqaro investorlar, startap asoschilari, texnologik kompaniyalar vakillari hamda davlat idoralari mutasaddilari ishtirok etmoqda. Forumni Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov ochib berdi. U o‘z nutqida O‘zbekistonda startaplar uchun yaratilayotgan sharoitlar, sohani qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari va kelgusidagi ustuvor yo‘nalishlar haqida to‘xtalib o‘tdi. Shundan so‘ng IT Park bosh direktori Azamat Karamatov so‘zga chiqib, mamlakatda innovatsion ekotizimni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, startaplar uchun yaratilgan imkoniyatlar hamda xorijiy investorlarni jalb qilish bo‘yicha olib borilayotgan tashabbuslar haqida ma’lumot berdi. Tadbir davomida panel muhokamalari, startap taqdimotlari va networking sessiyalari tashkil etilmoqda. @startupbaseuz LinkedIn | Facebook | Instagram | Website