Post content
Naqdga yakun. Endi yirik oldi-sotdilar faqat bank orqali. Bu haqda Soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Mubin Mirzayev 26-iyun kuni Senat majlisida ma’lum qildi. Unga ko‘ra, uy-joy, avtomobil va ko‘chmas mulk savdolari faqat bank orqali amalga oshiriladi. Click, Payme — bu ham naqd hisoblanadi. Komissiyalar bekor qilinadi. Notarius oldida shartnomani rasmiylashtirish uchun bank to‘lovi hujjati shart bo‘ladi. Ma’lumotga ko‘ra, qaror loyihasi prezident administratsiyasiga taqdim etilgan. Bu nimani anglatadi? 🔴Norasmiy to‘lovlar bosqichma-bosqich yo‘qoladi 🔴Rasmiy faoliyat ortadi 🔴Yangi yechimlar uchun bozor ochiladi Qanday imkoniyatlar? – Bank asosli to‘lov tizimlari – Real estate hujjat aylanishini avtomatlashtirish – B2B monitoring: faktura, soliq, audit – AI asosida tekshiruv va kontrakt tizimlari Agar 1 yildan keyin hamma narsa bank orqali bo‘lsa, siz qanday startup qurgan bo‘lardingiz? Yozib qoldiring 📱🔗Startup Beaker