TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← WUT AI&Startups
WUT AI&Startups avatar

TGINSIGHT POST

Post #134

@wutstartups

WUT AI&Startups

Views182Post view count
PostedApr 1404/14/2026, 05:24 PM
Post content

Post content

"Aksilkorrupsiya xakatoni - 2026"ga start berildi 24-25-26 aprel kunlari "Sarbon" universitetida “Aksilkorrupsiya xakatoni - 2026" bo‘lib o‘tadi. Unda ishtirokchilar ochiq ma’lumotlardan foydalangan holda korrupsiyaga qarshi innovatsion yechimlar ishlab chiqish imkoniga ega bo'ladi. Ma'lumot uchun: Bu yilgi xakaton "Sarbon" universiteti, Raqamli texnologiyalar vazirligi, "Oʻzmetkombinat" AJ, IT Park hamkorligida tashkil qilinmoqda. Yo‘nalishlar: - davlat xaridlari, sog'liqni saqlash, sport, qurilish, ta'lim kabi sohalarda korrupsiyaning oldini olish; - korrupsiyaga qarshi kurashishga aholi va yoshlarni jalb etish; - ochiq ma'lumotlar orqali korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan boshqa yondashuvlar. Xakatonda 18-35 yoshdagi turli soha vakillari (2 yoki 3 kishilik)jamoaviy holda ishtirok etishi mumkin. Xakaton qoidalari bilan batafsil ushbu havolada tanishing. Tayyorlov vebinari: 10-aprel Xakatonda ishtirok etish uchun 20-aprelga qadarushbu havola orqali ro'yxatdan o'tish lozim. G’olib jamoalar qimmatbaho sovg’alar bilan taqdirlanadi. Ma'lumot o'rnida: O‘tgan yilgi xakatonning mutlaq g‘olibi — “Uzinfocom” kompaniyasining yosh dasturchilari jamoasi Gonkong da o‘tkazilgan nufuzli “Coding4Integrity” Osiyo xakatoni da ishtirok etish yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi va mazkur tanlovda munosib ishtirok etdi. ——— Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.