Afiŝa enhavo
Tizim = sifat Tizim = tezlik Tizim = natija Bugun trekerlarning ishga ta'sirini real keysda aytib bermoqchiman Men Yandexda mahalliylashtirish (локализация) va UX bo'yicha konsultant bo'lib ishlayman. Men Toshkentda yashayman. Men bilan ishlaydigan loyiha menejeri (PM) Yekaterinburg shahrida yashaydi. Uning boshlig'i Belgrad shahrida. Ishlayotganimga yaqinda 1,5 yil bo'ladi. Sizningcha biz hozirgacha necha marta meet (onlayn uchrashuv) qilganmiz? Atigi 1 marta, u ham bo'lsa shunchaki tanishish uchun. Bo'ldi Yaxdex yoki kattaroq kompniyalarda ishlasangiz, albatta tracker (vazifalarni kuzatib borish tizimi) bo'ladi. Masalan, Yandexda bu Яндекс Трекер. Hamma vazifalar shu tizimda beriladi va statuslar ko'rsatib boriladi. Bu kim nima ish qilayotgani, TZ qanchalik to'g'ri berilgani, qaysi loyihada qaysi jarayon ketayogani va ishning umumiy kartinasini ko'rishga yordam beradi. *sariq undovchalarga e'tibor bermang, bu vazifa boshlangan kun. Men faqat yakunlangan kunni ko'rsataman Agar tizim bo'lmasa, nima bo'ladi? Suvta'minot bilan Yo'lqurilish bir-birini "his qilmaydi" va kecha yotqizilgan asfaltni buzib, suv o'tkaziladi Kompaniyalarda ham xuddi shunday. Aniq bir platforma bo'lmasa, buyruqlar, vazifalar bloknotlarda, og'izda qolib ketaveradi va ish yurmaydi. Yoki "it itga buyuradi, it quyrug'iga" kabi vazifalar undan bunga, bundan narigiga bo'lib ketaveradi Bu nimaga olib keladi? Majlislarga Ish yurmayaptimi, majlis qilinadi. Vazifa bajarilmadi, majlis. Kimdir o'z vazifasini bilmaydi, majlis. Majlis, majlis, majlis, meet, meet, meet... Shu sababli ishlar doim yozib borilishi kerak. Shundagina muammo aniq qayerda ekanini topish mumkin Xulosa: aniq bir doska yoki treker (qandaydir tizim) ishlating. Shunda tushunmovchilik va chigalliklar kam bo'ladi @copirayt