TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← Yoʻldoshev | Kontentblog
Yoʻldoshev | Kontentblog avatar

TGINSIGHT POST

Post #2499

@copirayt

Yoʻldoshev | Kontentblog

Vidoj1,950Nombro da vidoj
Publikigita10 Apr2026-04-10 11:51
Enhavo

Afiŝa enhavo

Brand ambassador ≠ Brand face: farqini bilasizmi? So‘nggi yillarda brendlar kommunikatsiyasida mashhur shaxslar bilan ishlash strategiyasi kuchayib bormoqda. Xususan, brand ambassador yoki brand face formatidagi hamkorliklar marketing va PR kampaniyalarining muhim qismiga aylandi. Bu amaliyot global bozorda allaqachon shakllangan bo‘lsa, hozir O‘zbekistonda ham faol qo‘llanila boshladi. Masalan: ▪️ Shahzoda — Uzum marketplace kampaniyalarida ▪️ Yulduz Rajabova — Safia qandolat tarmog‘i kommunikatsiyasida ▪️ Mirshakar Fayzulloev — Yandex Split loyihasida ▪️ Eldor Shomurodov – TBC Bank uchun loyihalarda Biroq bu kabi hamkorliklarda ko‘pincha ikki tushuncha aralashtirib yuboriladi: brand ambassador va brand face. Birinchi qarashda ular bir xildek ko‘rinadi — har ikkalasi ham reklama kampaniyalarida ishtirok etadi va brendni ommaga tanishtirishga xizmat qiladi. Ammo PR va marketing strategiyasi nuqtayi nazaridan bu ikki rol turli funksiyalarni bajaradi. Brand face (brend yuzi) — bu brendning vizual identifikatsiyasiga xizmat qiluvchi shaxs. U reklama materiallari, bannerlar, video roliklar yoki kampaniyalarda asosiy obraz sifatida namoyon bo‘ladi. Auditoriya brendni ko‘rganda, ko‘pincha aynan shu inson bilan assotsiatsiya qiladi. Brand ambassador (brend elchisi) esa brend qadriyatlarini targ‘ib qiluvchi uzoq muddatli kommunikatsiya vakilidir. U nafaqat reklama kampaniyalarida, balki turli tadbirlar, ijtimoiy tarmoqlar va PR faoliyatida ham brend nomidan chiqadi. Ambassador brend bilan barqaror aloqani ifodalaydi va auditoriya bilan ishonch ko‘prigini yaratadi. Qisqa qilib aytganda: Brand face — brendning vizual timsoli. Brand ambassador — brendning kommunikatsion vakili. Amaliyotda ba’zi holatlarda bir shaxs ikkala rolni ham bajarishi mumkin. Biroq strategik jihatdan bu ikki pozitsiya turli kommunikatsion vazifalarni bajaradi va brend positioningida alohida rol o‘ynaydi. Sizningcha, yuqoridagi misollarda kim brand face, kim brand ambassador?🤔 Izohlarda yozing — birga tahlil qilamiz. @marketing_asanova