Contenido
Navro'z kalendari (9-dars uchun) Namoz vaqtlari va diniy bayramlarimiz hijriy-qamariy kalendarda hisoblanishini bilsangiz kerak. Ammo Eronda yana bir boshqa kalendar borligidan xabaringiz bormi? Bu kalendarning kelib chiqish tarixini bir chetga qo'yib, oy nomlari va bizning kalendar bilan muvofiq sanalarini chiqaramiz. ⭐فروردین – farvardin 21-martdan boshlanib, 20-aprel kuni tugaydi. Quyosh hijriy yil hisobi bo'yicha birinchi oy hisoblanadi. Hozirda 1404-yil hisoblanadi. ⭐اردیبهشت – o'rdibehesht 21-apreldan 21-maygacha davom etadi. ⭐خرداد – xo'rdod 22-maydan 21-iyungacha davom etadi. ⭐تیر – tir 22-iyundan 22-iyulgacha davom etadi. ⭐مرداد – mo'rdod 23-iyuldan 22-avgustgacha davom etadi. ⭐شهریور – shahrivar 23-avgustdan 22-sentyabr ⭐مهر – mehr 23-sentyabrdan 22-oktyabrgacha davom etadi. ⭐آبان – obon 23-oktyabrdan 21-noyabrgacha davom etadi. ⭐آذر – ozar 22-noyabrdan 21-dekabrgacha davom etadi. Bu oyning oxirgi sanasi Yaldo bayrami sifatida nishonlanadi. Yilning eng uzun va barakali kechasi sifatida qaraladi. ⭐دی – dey 22-dekabrdan 20-yanvargacha davom etadi. ⭐بهمن – bahman 21-yanvardan 19-fevralgacha davom etadi. ⭐اسفند – esfand 20-fevraldan 20-martgacha davom etadi. Bu oy to'rt yilda bir marta 29 kundan 30 kunga cho'ziladi. Xo'sh, siz bu taqvim tarixi haqida post qoldirishimizni xohlaysizmi? Fikringizni izohda qoldiring. @Eron_granula @Malik_Abdusamadov 📹YouTube 🌐Instagram 🗳Facebook ✅Telegram