TGINSIGHT CHAT
O'lmas Temur
@Olmas_Temur
ArteO’lmas Temurning telegramdagi rasmiy sahifasi! •Kino | teatr | falsafa | adabiyot | she'riyat Moddiy qo'llab-quvvatlash uchun:https://tirikchilik.uz/olmastemur_ Reklama va hamkorlik:
Posts recientes
Pág. 1 de 69 · 821 posts
Publicado hace 14 días
Yordaminglar kerak 🙏
Publicado hace 24 días
Futbol zo’r bo’lyapti a ?
#Янги_китоб Ушбу тўпламга ёш ёзувчи Байрам АЛИнинг турли йилларда яратилган ҳикоялари жамланган. Уларда инсон қалби ва руҳиятининг нозик қирралари ҳаётий, таъсирчан ифода этилади. Муаллифнинг равон услуби ҳамда психологик мушоҳадага бой тасвирлари китобхонни беихтиёр ўйга чорлайди. 📚“Кечир, САДОҚАТ...” 📖Ҳикоялар. 📏Кирилл алифбосида. ❇️Қаттиқ муқова. 💰Сотиб олиш: Китоб нархи 100 минг. Почта пули ҳам шу нарх ичида. 5614681811498850 (B. Quldoshev) = Тўлов қилингани ҳақидаги чек ҳамда китоб юборилиши керак манзилни Телеграмдан юборасиз: @Bayram_Ali (+99899 800 40 91) Изоҳ: Китоб “Микрокридетбанк” ҳомийлигида ва банкка алоқадор ташкилотларни таъминлаш мақсадида нашр этилди. Муаллифнинг ўзида ва банк маъмуриятида бор. Шунинг учун уни фақат муаллифнинг ўзидан сотиб олишингиз мумкин.
Hashtags
Publicado 5 may
9-may — dabdabali g‘alaba yoki harbiy qudrat ko‘z-ko‘z qilinadigan bayram emas. Bu — fojiali urushda halok bo‘lgan yuz minglab vatandoshlarimizning xotira kuni, tinchlikning qadriga yetish fursatidir. Urushni romantizatsiya qilish, “Yana qaytaramiz!” kabi agressiv shiorlar va begona harbiy ramzlar ortidan quvish — o‘tganlar xotirasiga hurmatsizlikdir. Urush — bu parad emas, bu ochlik, vayronalik va bitmas jarohatdir. Tashqi propaganda ta’sirida harbiy atributlarni ulug‘lashdan va soxta dushmanlar yasashdan tiyilishimiz shart. Bunday mafkuraviy bosimlar yoshlarimizni o‘zgalar urushiga yollanishiga va suverenlikka putur yetishiga zamin yaratadi. Bizning maqsadimiz — vatanparvarlikni birovning hududiga ko‘z tikishda emas, o‘z vatanini obod qilishda ko‘radigan erkin avlodni tarbiyalashdir. Alohida eslatma: 9-maydan marketing quroli sifatida foydalanmang. Bog‘cha va maktablarda bolalarga harbiy forma kiydirib, qo‘liga qurol tutqazish — bolalikni harbiy mafkura bilan zaharlash demakdir. Keling, bu kunni shimollashgan agressiv an’analardan tozalab, milliy qadriyatlarimizga mos, vazmin va ehtirom bilan o‘tkazaylik. Bizning eng katta g‘alabamiz — bugungi tinchligimiz va suverenitetimizdir. Примечание для русскоязычной аудитории и гостей нашей страны: Важно понимать, что в Узбекистане 9 мая — это не день торжества военной мощи или агрессивных лозунгов, а День памяти и почестей. Для нашего народа это день тишины, глубокой скорби по сотням тысяч погибших соотечественников и искренней благодарности за мирное небо. Мы сознательно дистанцируемся от романтизации войны, милитаризации детства и использования чуждых нам идеологических символов. В местном контексте любые призывы «повторить» или демонстрация военной атрибутики воспринимаются не как патриотизм, а как неуважение к трагедии прошлого и угроза суверенному будущему нашей страны. Наш приоритет — человечность и тихая память, а не пропаганда. @mirzodanmaktub
Publicado 4 may
KITOBLAR TUGADI HAMMAGA RAHMAT
Publicado 4 may
Kitoblar 10 000 so’mdan 📚 Do’kon yopilishi munosabati bilan kitoblarni 20 000 so’mdan sotib oling va yana shunchasini bepulga oling ! Manzil: Alisher Navoiy 2k1 Telefon: 90 857 01 23
Publicado 23 abr
Bugun yuzlab odamlar hali chop etilmagan kitob haqida suhbat qurish uchun keldi. Ajoyib kitobxonlik kechasi. Barchangizga rahmat! Xudo xohlasa barcha kutganlaringizni oqlaydigan roman oʻqishingizga umid qilaman! @javlonjovliyev
Publicado 22 abr
Kitobga yo‘l bering: Javlon Jovliyev bilan adabiy kecha! 📚 23-aprel – Butunjahon kitob va mualliflik huquqi kuni munosabati bilan barchangizni o‘zgacha adabiy tadbirga taklif etamiz! Taniqli yozuvchi, "Oltin qalam" mukofoti sohibi Javlon Jovliyev va uning shov-shuvlarga sabab bo‘layotgan, yaqin kunlarda nashrdan chiqishi kutilayotgan, yangi "Katta qizlar" romani bilan yaqindan tanishish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang. Bu shunchaki taqdimot emas, bu adabiyot va san’at uyg‘unlashgan jonli ijro bo‘ladi! Dasturda Sizni nimalar kutmoqda? 🎤Samimiy suhbat: O'lmas Temurning Javlon Jovliyev bilan "Katta qizlar" romanining yozilish tarixi, undagi mavzular hamda yetti nafar qahramon qizning taqdiri haqidagi qiziqarli suhbatidan bahramand bo‘ling. 🎭 Sahna ko‘rinishlari: Yosh aktyorlar ijrosida asardan saralangan eng hayajonli lavhalar jonlanadi. Fotima, Maya va boshqa qahramonlarning kechinmalarini sahna ko‘rinishlari orqali his eting. 💬 Erkin muloqot: Tadbir so‘ngida yozuvchi bilan bevosita muloqot qilish, o‘zingizni qiziqtirgan savollarga javob olish va asar haqida fikr almashish imkoniga ega bo‘ling. 📅 23-aprel, 15:00-17:00 📍 Amir Temur ko'chasi 42, O'zbekistondagi Gyote-Instituti kutubxonasi Tadbirda ishtirok etish bepul! Kitob sehrini va so‘z qudratini biz bilan birga his qiling! Barchangizni kutib qolamiz! 📖🎭
Publicado 21 abr
Literatur auf der Bühne! Anlässlich des Welttags des Buches laden wir Euch zu einem besonderen literarischen Highlight ein! Erlebt den bekannten usbekischen Schriftsteller Javlon Jovliyev und sein neuestes Werk „Katta qizlar“ hautnah. Dies ist keine gewöhnliche Lesung – es ist eine Performance, die Literatur lebendig macht! Was erwartet euch? 🎤Im Gespräch: O'lmas Temur führt ein exklusives Interview mit Javlon Jovliyev über die Hintergründe, die mutigen Themen und die sieben Frauenbiografien in seinem neuen 500-seitigen Roman. 📚Literatur wird lebendig: Junge Schauspieler*innen bringen ausgewählte Szenen aus Buch „Katta qizlar“ auf die Bühne. Spürt die Emotionen der Protagonistinnen Fotima, Maya und vielen anderen in einer packenden Performance. Nach der Vorführung öffnen wir die Runde für ein Gespräch mit dem Publikum. 📅 23.04.2026 📍 Goethe-Institut Usbekistan ⏰ 15:00-17:00 🇺🇿Usbekisch
Publicado 21 abr
O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaroning so‘nggi, yurtimizga oid postlarini kuzatib, bitta jihat e’tiborimni tortdi. 🇺🇿🤝🏻🇮🇹 Mashhur futbolchi postdagi gaplarni, avvalo, o‘zbek tilida boshlayapti. Bu shunchaki tarmoq yuritish usuli emas, balki auditoriyaga, shu mamlakat madaniyatiga bo‘lgan oddiy va samimiy hurmat belgisidir. Italiyadan kelgan, butun dunyo taniydigan, “Oltin to‘p” sohibining bu e’tibori, ochiq aytish kerak, komplekslari yo‘q, o‘zini shu jamiyatning bir bo‘lagi hisoblaydigan istalgan o‘zbekistonlikka xush yoqadi. Aslida, bu hammamiz uchun yaxshigina namuna. Biz ko‘pincha “shunga o‘rganib qolganmiz”, “boshqalar tushunmaydi” degan andishalar bilan eski odatlarimizdan kecholmaymiz, lekin o‘zgarish uchun qandaydir katta turtki shart emas. Atigi ozgina istak va muloqot odatini to‘g‘ri shakllantirishga bo‘lgan iroda bo‘lsa yetarli ekanini shu bitta misol ham ko‘rsatib turibdi. Quvonarlisi shundaki, bu borada davlat idoralarida allaqachon siljish bor, ko‘zga tashlanyapti. Misol uchun, 2020-yil 20-oktyabrda Prezident tomonidan imzolangan PF-6084-sonli: “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni bor. Uning ijrosi yuzasidan rasmiy yozishmalar va ichki hujjatlar almashinuvi izchil ravishda o‘zbek tiliga faol ko‘chirilayotgani — davlat tilining munosib o‘rni his etilishi boshlangani umid baxsh etadi. Albatta, hammasi birdaniga silliq kechmayotgandir, ammo qadamlar to‘g‘ri va mantiqiy yo‘nalishda tashlanayotgani ko‘ngilni to‘q qiladi. Ayniqsa, Navro‘z bayramida Amir Temur imperiyasining bayrog‘i 🙏 mag‘rur hilpiragani, eng yuqori minbarlardan milliy o‘zlikni anglashga yorqin ishoralar bo‘layotgani ham aslida yaqqol signal beradi. Endigi qadamni yirik bizneslar, xizmat ko‘rsatish sohalari va xususiy maktablar tashlasa maqsadga muvofiq bo‘lardi. Davlat sektorida yuz berayotgan va hatto chet elliklar tushunib yetayotgan lisoniy hurmat muhitini xususiy sektorda yaratish ham qiyin emas. Buning uchun katta sarmoya yoki yuqoridan buyruq bo‘lishi shart emas-da — shunchaki o‘z iste’molchisiga qaratilgan hurmat, aholining shu davlat, bir millat o‘zligini his eta olishiga daxldorlikni sezishsa bas. @mirzodanmaktub
Publicado 2 mar
16:10 da stop
Publicado 2 mar
3 - shartKanalga obuna @pirnashr kanaliga obuna bo'ling va screenshot qilib FAQAT BIR MARTTA yuboring. Buni oxirida e'lon qilaman