TGTGInsightinteligencia telegramLIVE / telegram public index
← UZCARD Academy: News
UZCARD Academy: News avatar

TGINSIGHT POST

Post #15

@academytechtalks

UZCARD Academy: News

Vistas1,170Número de vistas
Publicado23 feb23/02/2026, 14:34
Contenido del post

Contenido

Assalomu alaykum, do'stlar! Videoda aytib o‘tganimdek, Akademiyaning 3-sprinti haqida qisqacha matn ko‘rinishida ham ma’lumot bermoqchiman. Boshlanish sanasi — 2026-yil 1-may. Dastur doirasida kurs va ma’ruza mashg‘ulotlari tashkil etiladi — umumiy o‘quv hajmi 120 dan ortiq akademik soatni tashkil etadi. Bu qariyb 5 oylik ta’lim bo‘lib, yakunida siz UZCARD Academiyaning sertifikatini qo‘lga kiritasiz. Ta’lim dasturi Data Science kursi bilan boshlanadi. Uni muvaffaqiyatli tamomlaganingizdan so‘ng, ma’lumotlar tahlili bo‘yicha mustahkam boshlang‘ich bilimlarga ega bo‘lasiz. Qabul jarayonini yaqin kunlarda ochamiz va bu haqda alohida e’lon qilamiz. Joylar soni cheklangan — biz 100 nafargacha ishtirokchini qabul qilishga tayyormiz. Ta’lim to‘liq FULLY FUNDED, ya’ni siz hech qanday to‘lov qilmaysiz. Faqat o'qisangiz xolos. Biz haqimizda do‘stlaringizga ham ayting — UZCARD Academy’da birgalikda ta’lim oling. Agar savollaringiz bo‘lsa, quyidagi manzilga yozishingiz mumkin: [email protected] Mavzu qatoriga: I have a question about academy deb yozing — barchalaringizga javob beraman. Yodingizda tuting — sizlar eng zo'rsiz!