TGTGInsightinteligencia telegramLIVE / telegram public index
← UZCARD Academy: News
UZCARD Academy: News avatar

TGINSIGHT POST

Post #44

@academytechtalks

UZCARD Academy: News

Vistas1,680Número de vistas
Publicado22 abr22/04/2026, 05:43
Contenido del post

Contenido

Assalomu alaykum, hurmatli talabalar! Avval, bizning botimiz orqali taqdim etilgan noto‘g‘ri ma’lumot uchun uzr so‘raymiz. Oldin yuborilgan xabarlar hozirgi vaqtda dolzarb emas. Xatolik texnik sabablarga ko‘ra yuzaga kelgan. Hozirda ma’lumotlar aniqlashtirilmoqda va qo‘shimcha ravishda yuboriladi. Yaqin vaqt ichida saralashdan o‘tgan ishtirokchilarga shaxsiy ID raqami ko‘rsatilgan holda yangilangan taklifnoma yuboriladi. E’tiboringizni shunga qaratamizki, 14-aprel kuni xabar olgan va ishtirokini tasdiqlagan ishtirokchilar Akademiya talabalari hisoblanadi — ushbu ma’lumot o‘z kuchida qoladi. Avvalgi xabarda taklifnoma olgan, biroq dastur ishtirokchisiga aylanmagan nomzodlar keyingi qabullarda yana o‘z imkoniyatlarini sinab ko‘rishlari mumkin. Qo‘shimcha ravishda ma’lum qilamizki, tadbirga kirish ro‘yxat asosida va ID hujjati taqdim etilgan holda amalga oshiriladi. O‘qishga qabul qilingan talabalarga shaxsiy ID raqami yuboriladi va ushbu raqamni Welcome Day tadbiriga kirishda ko‘rsatish zarur bo‘ladi. Tushunganingiz uchun rahmat. ___ Уважаемые студенты! Приносим извинения за ранее предоставленную некорректную информацию, которая была направлена через наш бот. Ранее направленные сообщения не являются актуальными. Ошибка возникла по техническим причинам. В настоящее время информация уточняется и будет направлена дополнительно. В ближайшее время участникам, прошедшим отбор, будет направлено актуальное приглашение с персональным номером ID. Обращаем внимание, что участники, получившие сообщение 14 апреля и подтвердившие своё участие, являются студентами Академии — данная информация остаётся действительной. Участники, получившие приглашение в предыдущем сообщении, к сожалению, не стали участниками программы, однако смогут попробовать свои силы в следующих наборах. Дополнительно сообщаем, что вход на мероприятие будет осуществляться по спискам и при предъявлении ID. Поступившим студентам будет направлен персональный номер ID, который необходимо будет предъявить при входе на Welcome Day. Благодарим за понимание.