TGTGInsightinteligencia telegramLIVE / telegram public index
Volver a canales
“DIYDOR” TEATR-STUDIYASI avatar

TGINSIGHT CHAT

“DIYDOR” TEATR-STUDIYASI

@diydor_ts

Arte

Teatr bu - "Diydor"

Suscriptores1,740Suscriptores actuales
Posts rastreados1,001Posts indexados
Alcance reciente8,831Vistas de posts recientes
Posts recientes

Posts recientes

Pág. 1 de 84 · 1,001 posts

Publicado 5 may

Shanba kuni Agentlik jamoasi bilan “Diydor” yoshlar eksperimental teatr-studiyasida mehmon bo‘ldik. Tashrif davomida teatrning mahoratli jamoasi ijrosidagi “Karomat” spektaklini tomosha qildik. Inson nafsi va jamiyat illatlari falsafiy talqin qilingan ushbu asar barchamizda katta taassurot qoldirdi. Teatr badiiy rahbari, mahoratli ijodkor Bobur Yo‘ldoshev bilan istiqboldagi rejalar muhokama qilinib, Agentlik va teatr o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi. Endilikda san’at kuchidan tizimli foydalanishni maqsad qilganmiz. Sentabr oyida aynan bizning yo‘nalishda yangi premyera guvohi bo‘lasiz. @SherzodSaparov

400 views

Publicado 3 may

Mamlakatimiz Prezidenti tomonidan teatr sanʼatini rivojlantirish hamda maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini taʼminlash doirasida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan sanʼat orqali korrupsiyaga qarshi kurashishning zamonaviy va taʼsirchan usullarini joriy etish maqsad qilingan. Shu maqsadda bugun Agentlik rahbariyati va jamoasi “Diydor” yoshlar eksperimental teatr-studiyasiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida korrupsiyaning davlat va jamiyat hayotiga salbiy ta’sirini aniq hayotiy misollar asosida sahna asarlari orqali ochib berish, shuningdek, aholi, ayniqsa yoshlar o‘rtasida halollik va adolat tamoyillarini targ‘ib etish masalalari muhokama qilindi. Ushbu vazifaning bugungi kundagi dolzarbligi va ahamiyatidan kelib chiqib, Agentlik va teatr studiyasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish yuzasidan kelishuvga erishildi. Hamkorlik quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshirilishi belgilab olindi: — “Inson qadri uchun” g‘oyasi asosida korrupsiyaga qarshi kurash mavzusida yangi, g‘oyaviy-badiiy jihatdan yuksak sahna asarlarini yaratish va spektakllar sahnalashtirish; — sahna asarlari orqali korrupsiyaning salbiy oqibatlarini ochib berish hamda aholi, ayniqsa yoshlar o‘rtasida ushbu illatga nisbatan qatʼiy va murosasiz munosabatni shakllantirish; — halollik, vatanparvarlik va insonparvarlik g‘oyalarini targ‘ib etuvchi festivallar, ko‘rik-tanlovlar, teatrlashtirilgan sahna chiqishlari hamda ijodiy uchrashuvlarni tashkil etish. Hamkorlikning dastlabki natijasi sifatida joriy yil sentabr oyida Agentlik va “Diydor” teatr-studiyasi tomonidan korrupsiya illatiga bag‘ishlangan sahna asarining premyerasini o‘tkazish rejalashtirilmoqda. Tashrif doirasida Agentlik jamoasiga teatr-studiya tomonidan sahnalashtirilgan “Karomat” spektakli namoyish etildi. ——— Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz. Facebook|Telegram|YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt

520 views

Publicado 29 abr

#premyera #spektakl 🔔🧷 🩷Spektakl: “Karomat”(o‘zbek va rus tilida) 🗓 2-3-may, Shanba va yakshanba ⏰17:00 🔻Rejissyor: Avliyokuli Xodjakuli 🔻Kompozitor: Jaxongir Shukur 🔻Dramaturg: Prosperi Merime 🔻Rassom: Ulug‘bek Yusupov 🔻Liboslar bo‘yicha rassom: Moxitob Ergasheva 🔻Inssinerovka: RimBax 🔖Spektaklni ko’rish istagidagi tomoshabinlar joylarni band qilish uchun teatr kassasi yoki iTicket.uz sayti orqali chipta olishingiz so‘raladi 1️⃣6️⃣➕ SPEKTAKLGA 16 YOSHDAN KICHIK YOSHDAGILAR KIRITILMAYDI. 🚫Spektaklga kechikkan tomoshabin aktyorlar hamda tomoshabinlarga xalaqit qilmaslik maqsadida ichkariga kiritilmaydi! 💬📞Murojaat uchun: +998977084200 📱Telegram | 📱Instagram

798 views

Publicado 28 abr

👩‍🚒Bugun Diydor yoshlar eksperimental teatr-studiyasi jamoasi uchun yong'in xavfsizligi va favqulodda vaziyatlarda to'g'ri harakat qilish mavzusida muhim o'quv-amaliy seminari tashkil etildi. 🧠Seminar teatr-studiya direktori A. Talipov boshchiligida o'tkazilib, unda Mirzo Ulug'bek tumani Favqulodda vaziyatlar bo'limi Favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo'linmasi inspektori, katta leytenant R.A. Abdufataxov hamda O'zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasining 4-bosqich kursanti J.R. Payg'amov ishtirok etdilar. Tadbir davomida ishtirokchilarga yong'in xavfsizligi qoidalariga qat'iy rioya etish, yong'in kelib chiqishining oldini olish, binolarda mavjud yong'in o'chirish vositalaridan samarali foydalanish, shuningdek, favqulodda vaziyatlar sodir bo'lganida to'g'ri va tezkor harakat qilish tartiblari haqida batafsil ma'lumot berildi. 💜Seminar jarayonida mutaxassislar tomonidan turli hayotiy misollar keltirilib, yong'in va boshqa favqulodda holatlarda inson hayoti va mol-mulkini asrashning ahamiyati alohida ta'kidlandi. Shuningdek, xodimlar bilan savol-javoblar o'tkazilib, ularni qiziqtirgan barcha savollarga atroflicha javob berildi. Amaliy tavsiyalar, tushuntirish ishlari hamda zarur ko'rsatmalar berildi. 👏Mazkur o'quv seminari teatr-studiya xodimlarining yong'in xavfsizligi borasidagi bilim va ko'nikmalarini yanada mustahkamlash, favqulodda vaziyatlarda to'g'ri qaror qabul qilish malakasini oshirishga xizmat qildi. Bu kabi tadbirlar jamoa xavfsizligini ta'minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

799 views

Publicado 28 abr

Live stream finished (1 minute)

views

Publicado 28 abr

Live stream started

views

Publicado 25 abr

🥳 🎂Bugun “Diydor yoshlar eksperimental teatr-studiyasi”ning rassomi Dono G’aniyevani tavallud ayyomi munosabati bilan muborakbod etamiz. 🎂Dono G’aniyeva teatrimizdagi faoliyati davomida deyarli barcha spektakllarning rassomi bo’lib ishlab kelmoqda. Biz Dono G’aniyevaning ijodiga muvaffaqiyatlar, oilaviy xotirjamlik tilab qolamiz. 🎁

934 views

Publicado 25 abr

🥳 🎂Bugun xalqimizning sevimli aktyorlaridan biri, ko’plab esda qolarliy ro’llari bilan qalbimizdan joy egallagan aktyor , rejissyor Abduhalil Mignorov o’zining tavallud ayyomini nishonlamoqda. 🎭 Biz “Diydor yoshlar eksperimental teatr-studiyasi” Abduhalil Mignorovni chin yurakdan muborakbod etamiz. Oilaviy baxt va ijodiy parvoz bardavom bo’laverishi tilakdoshimiz. 🎁

830 views

Publicado 25 abr

#spektakl 🔔🧷 🩷Spektakl: “Uchburchak” ⏰ Yakshanba (26.04.2026) 17:00 🔻Rejissyor: Bobur Yuldashev 🔻Dramaturg: Mar Bayjiyev 🔻Rassom: Bobur Ismoilov 🔖Spektaklni ko’rish istagidagi tomoshabinlar teatrga kelib yoki iTicket.uz orqali chipta olishingizni mumkin. 1️⃣6️⃣➕ SPEKTAKLGA 16 YOSHDAN KICHIK YOSHDAGILAR KIRITILMAYDI. 🚫Spektaklga kechikkan tomoshabin aktyorlar hamda tomoshabinlarga xalaqit qilmaslik maqsadida ichkariga kiritilmaydi! 💬📞Murojaat uchun: +998977084200

1,010 views

Hashtags

Publicado 21 abr

🇺🇿Onlayn qabul! 📆28-aprel, 2026 ⏰ 14:00 – 15:00 🔺“Diydor” “yoshlar eksperimental teatr-studiyasi direktori Anvar Talipov sizning murojaatlaringizni tinglaydi! ✈️ 🔛 Telegram kanalimizga ulanib, Videochat orqali ishtirok eting. 👋 “Qo‘l ko‘tarish” belgisi orqali murojaatingizni bildiring. 💻 Ism-familiya va telefon raqamingiz akkauntda ko‘rsatilishi shart! 🔻 Faol bo‘ling, fikrlaringizni bildiring! 🇷🇺“Diydor” “yoshlar eksperimental teatr-studiyasi ma'muriyati. 📱Telegram | 📱Instagram

1,130 views

Publicado 16 abr

#spektakl 🔔🧷 🩷Spektakl: “Buzruk haqida afsona”(o‘zbek tilida) 🗓Yakshanba (19.04.2026) ⏰17:00 🔻Rejissyor: Aleksandr Patrushev 🔻Dramaturg: G.G.Markes 🔻Rassom: Dono G'aniyeva 🔖Spektaklni ko’rish istagidagi tomoshabinlar teatrga kelib yoki iTicket.uz orqali chipta olishingizni mumkin. 1️⃣6️⃣➕ SPEKTAKLGA 16 YOSHDAN KICHIK YOSHDAGILAR KIRITILMAYDI. 🚫Spektaklga kechikkan tomoshabin aktyorlar hamda tomoshabinlarga xalaqit qilmaslik maqsadida ichkariga kiritilmaydi! 💬📞Murojaat uchun: +998977084200 📱Telegram | 📱Instagram

1,320 views

Hashtags

Publicado 16 abr

#spektakl 🔔🧷 🩷Spektakl:”MATCH” 🗓Shanba (18.04.2026) ⏰17:00 Spektakl rus tilida havola etiladi. 🔻Rejissyor: Bobur Yuldashev 🔻Dramaturg: RimBax 🔻Rassom: Dono G’aniyeva 🔖Spektaklni ko’rish istagidagi tomoshabinlar teatrga kelib yoki iTicket.uz orqali bilet olishingizni so’raymiz. 1️⃣6️⃣➕ SPEKTAKLGA 16 YOSHDAN KICHIK YOSHDAGILAR KIRITILMAYDI. 🚫Spektaklga kechikkan tomoshabin aktyorlar hamda tomoshabinlarga halaqit qilmaslik maqsadida ichkariga kiritilmaydi! 💬📞Murojaat uchun: +998977084200 📱Telegram | 📱Instagram

1,090 views

Hashtags

123•••5•••10•••15•••20•••25•••30•••35•••40•••45•••50•••55•••60•••65•••70•••75•••80•••8384
AnteriorPág. 1 de 84Siguiente