Posts recientes
Pág. 2 de 78 · 927 posts
Publicado 12 may
Zo’r qo’shiq topdim, eshitamizmi?
Publicado 12 may
Niyyatingizni doim yaxshi qiling, ammo eng yomoniga ham tayyor turing. Bu buyuk Allohning sizga yozgan go’zal qadaridir 🕊️ @nigorabooklover
Publicado 12 may
Hayotiy tajribam katta emas. Boshimdan ko‘p sinov o‘tmagandir... Lekin, og‘ir taqdirlarda yashadim, katta yozuvchilar meni tarbiyaladilar. Qahramonlari orqali ko‘p narsani his qildim.Hayotimda ham shunday sinovlarga duch keldim.. Shundan kelib chiqqan xulosam, agar mendan qanday ayol kuchli deb so‘rasalar: Qalbiga kirlarni yuqtirmaydigan O‘zini arzon baholamaydigan Ichidan yig‘i kelsa ham, tabassum qilib tura oladigan Qayg‘uga botsa ham, yashnab tura oladigan Pastkashlarga bosh egmaydigan Qadariga rozi va o‘zini pok saqlaydigan Ketish kerak bo’lgan joydan keta olgan O’nta gapni bitta sukut bilan ayta olgan Ojizaligidan nolimaydigan va bundan foydalanmaydigan Jonidan kechsa ham g‘ururi va iffatidan kechmaydigan ayolni kuchli ayol degan bo‘lardim. Shularni o’qib qaysidir joyida xatolarini eslagan va endi o’zgarishga qaror qilgan ayol ham kuchlidir❤️🔥 @nigorabooklover
Publicado 12 may
Imom Buxoriy qilgan rivoyatda Huzayfa ibn Yamon roziyallohu anhu : “ Bugungi munofiqlar Nabiy sollallohu alayhi vasallamning davrlaridagidan yomondir. Chunki ular munofiqlikni maxfiy qilardilar, bular esa oshkora qilmoqdalar”, degan ekanlar. @nigorabooklover
Publicado 11 may
Munofiqlikning zararlaridan : 1. Alloh taolo munofiqning amalini qabul qilmaydi. 2. Munofiqning qalbida marazi bo’ladi. U musulmonlarga yetgan musibatdan masrur va nusratdan mahzun bo’ladi. 3. Munofiq baxil bo’ladi. Molni faqat riyo uchun sarflaydi. 4. Munofiqning e’tiqodi, ilmi va amali zalolatdir. 5. Munofiq riyokordir. Ruhiy tarbiya 1-juz . 308 bet @nigorabooklover
Publicado 11 may
Munofiqlar kofirlardan ham xatarlidir. Kofirlar bilan bo‘ladigan aloqa va muomalalarda biz ularning kimligini e’tiborga olib, o‘zlariga yarasha ish tutamiz. Munofiqlar esa sirtdan musulmon bo‘lib ko‘rinadilar. Odamning ichidagini bilib bo‘lmaydi, natijada…
Publicado 11 may
Munofiqlar kofirlardan ham xatarlidir. Kofirlar bilan bo‘ladigan aloqa va muomalalarda biz ularning kimligini e’tiborga olib, o‘zlariga yarasha ish tutamiz. Munofiqlar esa sirtdan musulmon bo‘lib ko‘rinadilar. Odamning ichidagini bilib bo‘lmaydi, natijada ularga ham musulmoncha muomala qilishga majbur bo‘linadi. Bu bilan munofiqlar orqali dinga katta zararlar yetkazishga imkon yaratiladi. Aynan mana shu holat ularga qiyomat kuni kofirlardan ko‘ra ko‘proq va alamliroq azob berilishiga sabab bo‘ladi. Alloh taolo munofiqlar jahannamning eng qa’ridan joy olishlarini ta’kidlab aytgan. Ruhiy tarbiya 1-juz, 309 bet @nigorabooklover
Publicado 11 may
Tonel’ so’zining arab tilidagi ma’nosi - nafaq ekan. Ichi bo’sh , tashqi ko’rinishi o’zgacha narsaga arablar nifoq , nafaq der ekan. Masalan , tulki, yumronqoziqning uyasi ham tashqi ko’rinishidan oddiy yerga o’xshasa-da , bir tarafdan kirib, ikkinchi tarafdan chiqib ketaveradi. Shuning uchun “nifoq” , bizning iste’milda tonel’ deyilar ekan. Nifoq so’zi arab tilida munofiqlikni anglatuvchi so’zlarning o’zagidir. Nega deganda sirtdan musulmonman deb ichidan unga loyiq bo’lmaslik munofiqlik deb aytiladi. Ruhiy tarbiyaning 1- juzi , 306 bet. Bugun ushbu kitobning qalb xastaliklaridan biri- munofiqlik haqidagi sahifasiga yetib keldim. Postlar shu haqda bo’ladi 📚 @nigorabooklover
Publicado 11 may
Mehribon Alloh kim mening zikrim bilan mashg’ul bo’lsa so’raganlaridan afzalini beraman der ekan . Zikrni kasb qilish oliy baxtdir ♥️ @nigorabooklover
Publicado 10 may
Bugun bizning kunimiz emas ekan, lekin baribir oxirigacha sodiq qolamiz) Zero, sadoqatli odam faqat g’alabada emas, mag‘lubiyatda ham jamoa bilan birga qolishi kerak) Hala Madrid 🫶🏻
Publicado 10 may
To’ppa-to’g’ri oskar beringlar! Bular g’irrom qilyapti dedim-ku(
Publicado 10 may
O’zi , hakam bo’lar-bo’lmasga hushtagini chalib Realchilarni chalg’itayotganini siz ham sezyapsizmi? Shiddatli o’yin bo’lishiga ham qarshidek nazarimda(