TGTGInsightinteligencia telegramLIVE / telegram public index
← Nigora Hasanova blogi
Nigora Hasanova blogi avatar

TGINSIGHT POST

Post #1183

@nigorabooklover

Nigora Hasanova blogi

Vistas2,050Número de vistas
Publicadohace 21 días13/05/2026, 15:52
Contenido del post

Contenido

Bugun kanalda sukut, chunki kitob kam o‘qidim. Biroz asabiylashdim. Gohida atrofdagi kutilmagan voqealar bor energiyamni so‘rib oladi. Kitob varaqlashga kuch topmolmay, tushkun bo‘lib qolaman. To‘g‘ri, bu ko‘pga cho‘zilmaydi, lekin emotsional odam bo‘lganim uchun tezda o‘tkazib ham yuborolmayman. Obdon asabiylashib , hamma yoqni ag‘dar-to‘ntar qilib, keyin o‘zimga kelaman) Hozir mindeey o‘ylab qarasam, buni osonroq yo‘li bor ekan. Telegram kanalim) Yozaman. Ichimni bo‘shataman. Siz esa o‘qib meni maqtaysiz) Maqtov . U hammaga yoqadi. Lekin, boya tushlikda “Ruhiy tarbiya” kitobining aynan maddohlik haqidagi sahifasini qayta o‘qidim. Yozilishicha: ortiqcha maqtov o‘sha kishining bo‘yini sindirar ekan.. Bizda noo’rin , balandparvoz maqtovlar, gulduros qarsaklar sabab ko’pchilikning bo’yi sinib, izidan chiqib ketdi.. Natijani esa omon bo’lgur maddohlar sabab har kuni ko’ramiz ) Shunday noo‘rin maqtovlar bo‘ladi-ki, maqtaluvchini izdan chiqaradi, bo‘yini sindiradi, yo‘lidan adashtiradi. Maqtaluvchi maqtamaganlarni yomon ko‘rib qoladigan darajaga yetadi. Men mukammal ekanman degan fikrda yashay boshlaydi. Oma baribir menga maqtov yoqadi 🫤