Contenido
“Surxon” davlat qo’riqxonasiga nazorat reyd tadbirlari. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o’zgarishi vazirligi tasarrufidagi “Surxon” davlat qo’riqxonasida huquqbuzarlik holati aniqlandi. Surxon davlat qo'riqxonasining Xo'janqo bo'limi hududida navbatdagi tezkor nazorat reyd tadbirlari olib borildi. Nazorat reyd tadbirlari davomida fuqaro B.M noqonuniy ravishda qo'riqxona rejimini buzib o'ziga tegishli 15 bosh mayda shoxli chorva mollarini o'tlatib yurganligi holati aniqlanib holat yuzasidan fuqaroga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksining 82-moddasi 1-qismiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib BHMning 10 baravari - 3 million 750 ming so’m miqdorida jarima hamda o'simlik dunyosiga 10 mln 350 ming so'm zarar summalari belgilanib birlamchi hujjatlar rasmiylashtirildi. 🦌🦌Surxon davlat qo'riqxonasi 🦌🦌 TelegramInstagramYouTubeFacebook Telegram Surxon Davlat Qo`riqxonasi Flora va fauna