TGTGInsightinteligencia telegramLIVE / telegram public index
← Surxon Davlat Qo`riqxonasi
Surxon Davlat Qo`riqxonasi avatar

TGINSIGHT POST

Post #11092

@sdqsurxon

Surxon Davlat Qo`riqxonasi

Vistas309Número de vistas
Publicado1 jul01/07/2025, 10:22
Contenido del post

Contenido

Jayra-Nystrix indica Kerr Jayralar oilasi ( Hystricidae) ga mansub hayvon bo‘lib, O‘rta Osiyo kemiruvchilarining eng yirigi hisoblanadi. Tanasining uzunligi 80-90 sm, dumi uzunligi 11-21 sm, orqa tovonining uzunligi 10-12 sm va og‘irligi 15 kg gacha еtadi. Tanasi baquvvat, boshi yirik, oyoqlari kalta, old oyog‘i to‘rt barmoqli, orqadagi besh barmoqli. Tanasining usti uzun, muguz va juda uchli ignalar bilan qoplangan. Ignalar uzunligi 42 sm gacha еtadi. Xavf paydo bo‘lganda, jayra ignalarini ko‘tarib, yirtqichlardan himoyalanadi. Ignalari terida juda bo‘sh ushlanib turadi va osongina tushib ketadi. Ovqat izlab tog‘li qishloqlarning bog‘ va tomorqalariga ko‘pincha borib turadi. Juft bo‘lib yashaydi. Juftliklar asosan doimiy. Yil davomida bir marta bahorda ko‘payadi. Urg‘ochi 2-4 bola tug‘adi, ular bir yil davomida ota-onasi bilan yashaydi. 🦌🦌Surxon davlat qo'riqxonasi 🦌🦌 TelegramInstagramYouTubeFacebook Telegram Surxon Davlat Qo`riqxonasi Flora va fauna