TGTGInsightinteligencia telegramLIVE / telegram public index
← Surxon Davlat Qo`riqxonasi
Surxon Davlat Qo`riqxonasi avatar

TGINSIGHT POST

Post #11094

@sdqsurxon

Surxon Davlat Qo`riqxonasi

Vistas378Número de vistas
Publicado1 jul01/07/2025, 10:23
Contenido del post

Contenido

Qum quyon, qum tovushqoni- Lepus capensis – Заяс толай Uncha katta bo‘lmagan hayvon bo‘lib, quyonlardan eng kichik vakili hisoblanadi. Tanasining uzunligi 39-55 sm ga, dumining uzunligi 7,5-11,5 sm ga, og‘irligi 1,5-2,5 kg ga еtadi. Quloqlari va oyoqlari uzun. Mo‘ynasi qum rang-qo‘ng‘ir yoki sarg‘ish-kulrang tusda bo‘ladi, qishki tullash vaqtida rangini o‘zgartirmaydi. Dumining usti qora, ostki tomoni oq rangda bo‘ladi. O‘zbekistonda cho‘llar, to‘qay chakalakzorlari, sug‘oriladigan еr chekkalarida, tog‘ etaklarida, tog‘larda (d.s.b. 3000 m gacha balandlikda) yashaydi. Turli o‘tlar va butalar bilan, qishda esa shuvoq, shoxlar, daraxtlar va butalarning qobig‘i bilan oziqlanadi. Ko‘pincha o‘simliklarning ildiz va piyozini qazib еydi. 🦌🦌Surxon davlat qo'riqxonasi 🦌🦌 TelegramInstagramYouTubeFacebook Telegram Surxon Davlat Qo`riqxonasi Flora va fauna