Contenido
Alectoris chukar- Kaklik. O‘rta kattalikdagi qush. Bosh, bo‘yin, еlka va yuqori qanot usti qizil-pushti tusli. Pastki ko‘krak kulrang. Chakka va bo‘yin oldi ochroq-oq, qorin va pastki dum ochroq-sariq rangda bo‘ladi. Tananing yon tomonlari sariq keng qora ko‘ndalang chiziqlar mavjud. Og‘izning pastki burchagida va jag‘da qora dog‘ bor. Urg‘ochi va erkaklari o‘xshash, lekin urg`ochilari biroz kichikroqligi va oyoq pastki qismi bo`rtiq (pixi) yo‘qligi bilan farq qiladi. Yosh qushlar qum-kul rangida, patlari uchida oqish uchburchak dog‘lar bor. Tomoq va qorin sarg‘ish-oq. Ko‘ksi qumli-kulrang, oq uchburchak dog‘lar bilan farqlanadi. O‘simliklar ostiga in quradi, may oyida 7-22 tagacha tuxum qo‘yadi va 24 kun bosib yotadi. Polaponlari may-iyun oylarida tuxumdan chiqadi. 🦌🦌Surxon davlat qo'riqxonasi 🦌🦌 TelegramInstagramYouTubeFacebook