TGTGInsightinteligencia telegramLIVE / telegram public index
← Surxon Davlat Qo`riqxonasi
Surxon Davlat Qo`riqxonasi avatar

TGINSIGHT POST

Post #11098

@sdqsurxon

Surxon Davlat Qo`riqxonasi

Vistas364Número de vistas
Publicado4 jul04/07/2025, 10:43
Contenido del post

Contenido

Yovvoyi cho‘chqa- Sus scrofa Linnaeus- Кабан Yovvoyi cho‘chqa boshining kattaligi va qoziq tishining juda katta bo‘lishi, oyoqlarining deyarli uzun va tanasining oldingi qismining yaxshi rivojlanganligi bilan uy cho‘chqalaridan farq qiladi. Tanasining kattaligi (boshi bilan) 180 sm, erkagining og‘irligi 220-240 kg, urg‘ochisining og‘irligi esa 100-120 kg. Yovvoyi cho‘chqaning tanasi yozda siyrak va qattiq qillar bilan, qishda esa uzun qil va mayin qalin tivit bilan qoplanadi. Bularning rangi o‘ziga xosdir. Ochiq qo‘ng‘ir rangdan qoramtir, deyarli qoragacha bo‘ladi. Cho‘chqalar soni 4-6, ba’zan esa hatto 12 ta . Yangi tug‘ilgan cho‘chqa og‘irligi 600 dan 1650 g gachani tashkil qiladi. 🦌🦌Surxon davlat qo'riqxonasi 🦌🦌 TelegramInstagramYouTubeFacebook