TGTGInsightinteligencia telegramLIVE / telegram public index
← Surxon Davlat Qo`riqxonasi
Surxon Davlat Qo`riqxonasi avatar

TGINSIGHT POST

Post #11101

@sdqsurxon

Surxon Davlat Qo`riqxonasi

Vistas455Número de vistas
Publicado4 jul04/07/2025, 10:45
Contenido del post

Contenido

#Canis lupus- Volk- Bo‘ri, qashqir Bo‘ri itsimonlar oilasining yirik vakili bo‘lib, tashqi ko‘rinishdan bo‘ri yirik itga o‘xshaydi. Tanasi baquvvat, ko‘kragi keng, oyoqlari uzun, boshi keng peshonali , va keng joylashgan ko‘zlari mavjud. Bo‘rining panjasi itnikiga qaraganda cho‘zilgan, ikki barmog‘i oldinga qaragan. Bo‘rining yag‘rin balandligi 60-85 sm, tanasining uzunligi 100-160 sm, dumi uzunligi 35-50 sm va og‘irligi 30-50 kg ga yetadi. Katta erkaklari urg‘ochilardan 20% ga yirikroq. Ma’lumot o‘rnida aytish kerakki, bo‘rilar ob-xavo sharoitlarini aniqlab, 9 km masofadagi tovush signallarini ham eshitoladi. Shuningdek bo‘rilarning xid bilish qobiliyatlari xayratlanarli darajada, Bo‘rilar 200 milliondan ortiq xidlarni ajratib olishga qodir. Yana bir qiziqarli ma’lumot, bo‘rilar suvda juda erkin harakatlana olishadi. Bir suzishda 13 km masofagacha suzib utadi. 🦌🦌Surxon davlat qo'riqxonasi 🦌🦌 TelegramInstagramYouTubeFacebook Telegram Surxon Davlat Qo`riqxonasi Flora va fauna